Shaxs yo‘nalganligi – psixologiyada ijtimoiylashuv jarayonida
shaxs faoliyatini yo‘naltirib turadigan hamda real vaziyatlarga
nisbatan turg‘un va barqaror motivlar majmuiga ega bo‘lish deb,
ta’riflanadi.
Shaxs – muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi
bilan shug‘ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga
kirishuvchi ongli individdir.
Ekzopsixika – shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabati,
shaxsga qarama-qarshi bo‘lgan barcha jihatlari, shaxslararo va
obyektiv munosabati ifodalanadi.
Eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar yordamida
psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. XIX asrning
o‘rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental-
psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. V.Vundt eksperimental psixologiya-
ning fan sifatida ajralib chiqishiga o‘zining katta hissasini qo‘shgan.
Eksterioretseptiv sezgilar – tashqi muhitdagi narsa va hodisa-
larning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari
tananing sirtqi qismida joylashgan bo‘ladi.
Eksteriorizatsiya – aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi
harakatlarga yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishidir.
Ekstravertlik – shaxs faoliyati va reaksiyasi ko‘p jihatdan
favquloddagi tashqi taassurotlarga asoslangan holda munosabat
ifodasidir.
Emotsiyalar – «hissiyot» («emotsiya») va «his-tuyg‘u» so‘zlari
ko‘pincha sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. «Emotsiya» so‘zini
o‘zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy
harakatlanish degan ma’noni anglatadi.
322
Endopsixika – shaxs psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida
psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligida aks etadi.
Ehtiros – uzoq davom etadigan va barqaror bo‘lgan emotsional
holatdir. Kayfiyatdan ehtirosning farqi shundaki, ehtiros muayyan
harakatga, muayyan obyektga muttasil intilishda kuchli sur’atda
ifodalangan holatdir. Bular – ijobiy ehtiroslarga misol bo‘lib, odamni
ulkan ijodiy faoliyat yo‘liga yetaklovchi kuchdir.