303
shunday holatni tasavvur qiling: Siz kimlarningdir davrasidasiz. Ular
Sizga g‘anim ham emas, siz bilan raqobat ham qilmayaptilar, sizni
maqtashgani ham yo‘q, aksincha, jazolashgani ham yo‘q hattoki, ular
sizga befarqlar, lekin ayni paytda bir makon va vaqtda birgasiz. Ana
shunday insonlarning yaqiningizda bo‘lishlari sizga qanday ta’sir
qiladi? «Ularning men bilan ishlari bo‘lmasa, menga qanday ta’sir
qilishi mumkin?» deb e’tiroz bildirishga shoshilmang. Gap shundaki,
bizning oldimizda bir vaqtda umuman biror insonning bo‘lishi
faktining o‘zi baribir, bizga ma’lum ta’sirini o‘tkazadi.
Ijtimoiy psixologiyada ana shunday kimnidir kimgadir ochiq yoki
yashirin ta’sir ko‘rsata olish hodisasi fasilitatsiya hamda ingibitsiya
hodisalari orqali tushuntiriladi. Fasilitatsiya inglizcha
«facililate»
so‘zidan olingan bo‘lib, «yengillashtirmoq» degan ma’noni
anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘zgalarning borligi tufayli shaxs
faolligining ortishi, ishining yengillashuvi va samaradorligining
ortishini tushuntirish uchun amerikalik psixolog Ollport (1920) bu
terminni fanga kiritgan. Lekin bu fikrni tasdiqlovchi eksperimentlar
XIX asrning oxirlaridayoq boshlangan edi. Masalan, Norman
Triplet (1898) velosiped poygasi jarayoni bilan qiziqib, poygachilar
tezligining ortishi ko‘proq sekundomerni tasavvur qilganliklari uchun
emas, balki o‘zaro bir-birlarini, qolaversa, tomoshabinlarni tasavvur
qilganliklariga bog‘liq ekanligi isbotlandi. Ya’ni, uning ekspe ri-
mentlarida poygachilarning tezligi tomoshabinlar tig‘iz bo‘lgan
yerlarda ular kam yoki yo‘q bo‘lgan joylardagiga nisbatan 20%
gacha ortib ketgan. Keyinchalik maorif, sog‘liqni saqlash, sport, sof
ilmiy psixologik sohalarda o‘tkazilgan o‘nlab tadqiqotlar fasilitatsiya
hodisasining borligi va uning shaxs faolligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini
isbotladi. Darhaqiqat, yolg‘iz o‘tirib dars qilgandan ko‘ra, ba’zan
yaxshi ko‘rgan kursdoshimiz yoki o‘rtog‘imiz bilan dars qilganimizda
yoki guruh sharoitida biror mavzu yuzasidan munozara qilganimizda
yaxshi, noyob fikrlar miyamizga oqib kelayotganligini sezamiz.
Go‘yoki, fikrlash jarayonlarimiz tezlab ketayotganday. Bunday holat
ko‘plab pedagogik kuzatishlarda isbotini topgan.
Lekin o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqotlar guruhi har doim ham
birovlarning yonimizda borligi ishning samaradorligiga ijobiy
304
ta’sir ko‘rsatmasligini isbotladi. Ingibitsiya — shaxs faoliyati sa-
maradorligiga o‘zgalarning borligi tufayli salbiy ta’sir ko‘rsatishi,
masalan, ma’nosiz so‘zlarni yodlashda, labirintli masalalarni
yechishda, ko‘paytirish bilan bog‘liq, murakkab arifmetik misollarni
bajarishda boshqa odamlarning aralashuvi va ularning borligi faqat
fikrlash jarayoniga tormozlovchi salbiy ta’sir ko‘rsatishi tushuniladi.
Demak, bu narsa ham ijtimoiy psixologik omillarning nechog‘li
murakkabligini ko‘rsatadi.
Boshqa bir ijtimoiy psixolog Robert Zayens ushbu ikkala
hodisadagi qarama-qarshilikni tushuntirib berish uchun eksperimental
psixologiyadagi oddiy bir qonuniyatni ishlatdi: qo‘zg‘atish ustunlik
reaksiyasini kuchaytiradi. Ya’ni, ijtimoiy hayotga bu ayniyatni
ko‘chirib, u insoniy munosabatlarda tashabbus bera olish yoki
erishilgan oddiy muvaffaqiyatlardan ham ruxlanishni fasilitatsiyaning
sababidir, deb tushuntirdi muallif. Demak, agar hamkorlikda faoliyat
muhitida odamga tashabbus berilgan bo‘lsa, u o‘zgalarning borligidan
ruxlanib, katta shijoat bilan ishlay boshlaydi. Oddiy misolda
tushuntiradigan bo‘lsak, agar krossvord yoki skanvord yechayotgan
bo‘lsangiz-u, oddiy bir jumboqning yechimini topa olganligingizdan
ruxlanishingiz, ko‘pchilik ichida o‘zingiz bilmagan holda boshqa
paytda aytolmaydigan yoki eslolmaydigan yechimlarning ham
miyangizga kelayotganligini his qilasiz. Lekin bunday juda xursand
bo‘lib, hayajonlanib ketsangiz, ishingiz samarasi o‘sha zahoti pastlay
boshlaydi. Xuddi shunday, katta auditoriya oldiga chiqqan voiz
odamlarning uni tinglayotganliklari va samimiy yuz bilan kutib
olganliklaridan ruhlanib, ko‘tarinkilik bilan ma’ruzasini o‘qisa,
yangi fikrlar kelaverayotganligini sezsa, agar mabodo biror sabab
bilan tanglik paydo bo‘lsa, yoki kimnidir noo‘rin luqmasi unga
sezilarli xalaqit berishi, hattoki, qog‘ozdagi yozuvni ham eplab
o‘qib berolmasligi mumkin. Demak, o‘zgalarning borligi fakti o‘sha
muhitdagi odamlarning bizga munosabatiga va o‘zimizning bu
munosabatdan ruhlanib, tashabbusni qo‘lga ola bilishimizga bevosita
bog‘liq ekan.
Dostları ilə paylaş: