Tarbiya qoidalari – pedagogik ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshiroq
tashkil etish maqsadida foydalanadigan holat, rahbarlik asosidir. U
insonni shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya jarayonida
bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini va natijasini oshiradi.
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo‘yiladigan
talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.
Tarbiya qoidalari: − tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
− tarbiyaning insonparvarlik va demokratikligi;
− tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi;
− tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi;
− shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
− tarbiyada yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish;
− tarbiyaviy ta’sirlarning izchilligi va muntazamligi;
− tarbiyaning pedagogik qonuniyatlariga rioya etish.
Bola tarbiyasi bolaning o‘z faolligi bilan amalga oshiriladi. Uning
harakatlari – imkoniyatlariga mos bo‘lishi lozim. Har bir tarbiyaviy
vazifa faol harakatlar orqali bajariladi. Jismoniy rivojlanish – jismoniy
harakatlar orqali, axloqiy – insoniy qadriyatlarga doimiy mo‘ljallanish
orqali, aqliy rivojlanish – fikrlash faoliyati, intellektual vazifalarni
bajarish orqali amalga oshadi.
80
Bolaning faoliyat mazmuni uni tarbiyalash jarayonida aktual
ehtiyojlari bilan aniqlanadi. Bularning inobatga olinmasligi qarshilik
va sustlikka olib kelib tarbiya jarayoni qiyinlashishi mumkin.
Pedagog va tarbiyalanuvchining o‘zaro faoliyatidagi propor- sio nal harakatlari. Boshlang‘ich bosqichda pedagog faolligi bola
faolligidan kuchli bo‘ladi, sekin-asta bola faolligi kuchayib, yakuniy
bosqichda bola pedagog nazorati ostida hamma narsani o‘zi bajaradi.
Bunday faoliyat bolaga o‘zini faoliyat subyekti sifatida his qilishga
yordam beradi. Bu esa shaxsning erkin ijodiy rivojlanishida muhim.
Faqat mehr-muhabbat va himoya sharoitida bola o‘z munosabatla-
rini erkin va ixtiyoriy ifodalaydi, yaxshi rivojlanadi. Shuning uchun
tarbiya o‘z ichiga bolaga bo‘lgan muhabbatni namoyon qilish, uni
tushunish, unga yordam berish, himoya qilish va kichik xatolarini
unutish kabi vazifalarni kiritadi
Har bir faoliyat muvaffaqiyat vaziyati bilan uyg‘unlashishi lozim.
Bu bolaning o‘z faoliyati va uning natijasidan ichki qoniqishidir.
Tarbiyada har bir bola muvaffaqiyat vaziyatini his qilishi juda
muhimdir.