Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Ijtimoiy pedagogika
– shaxsni ijtimoiylashtirish qonuniyatlarini, 
ijtimoiy muammolarni hal qilishga pedagogik yondashish hamda 
ijtimoiy pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish texnologiyalarini 
yaratish masalalarini yoritadi.
Iqtisodiy tarbiya
– ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy 
qismlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, 
ularda iqtisodiy faoliyat (oila budjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini 
yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq 
munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va h.k.)ni tashkil etish ko‘nikma 
va malakalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
122
Individual ta’lim
– pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib, shaxs 
tomonidan yakka tartibda, mustaqil ravishda zarur bilim, ko‘nikma, 
malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi.
Innovatsion ta’lim
– pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib, 
o‘quvchi, talabada yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish hamda 
o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni 
tabiiy qabul qilishga oid sifat hamda malakalarni shakllantirish 
imkoniyatini yaratadi.
Intervyu
– pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri bo‘lib, 
respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu 
jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini – bu 
ajdodlarga xos biologik belgi va rivojlanish xususiyatlarini keyingi 
avlodlarga o‘tish jarayoni.
Interfaol metodlar
– ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda 
o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish 
ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ularda 
shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar.
Interfaol ta’lim
– pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib, 
ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, o‘quvchi va 
o‘quvchilar guruhi o‘rtasida yuzaga keluvchi hamkorlik, qizg‘in 
bahs-munozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida 
tashkil etiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin