Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Xayolning xususiyatlari.
Xayolning ijodiyot va shaxs muno-
sabatining 
yaxlit holda talqin qilish xususiyati
mavjud bo‘lib, ijodiyot 
shaxsning ichki imkoniyatlari va zaxiralari ro‘yobga chiqishining 
asosiy shartlaridan biridir. Shu bois, shaxs o‘zining ijodiy faoliyati 
bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudratini amaliyotda 
namoyish qilsa, ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni 
egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat, kashfiyot, ijtimoiy 
muammolarni integratsiya qilish yoki mavjud umumiy qonuniyatlardan 
kelib chiqib, uni differensiallashtiradi. Uchinchidan, jahon faniga o‘z 
ulushini qo‘shadi va sivilizatsiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ijtimoiy 
taraqqiyot harakatlantiruvchisiga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs 
motivatsiyasi, emotsional, irodaviy barqarorligi, xarakterining mus-
tahkamligi va boshqa individual-tipologik xusu siyatlaridagi yetuklik 
ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda 
ijobiy ta’sir o‘tkazadi. 
Xayolning
analitik xususiyati
uning mazmunini, mohiyatini, 
predmetini, asosan tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, tim-
sollar, tasvirlar yaratilishidan, atrof-muhitning ifodasi, yangi bezakli, 
jiloli ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. 
Xayol 
sintetik xususiyat
ga ham ega bo‘lib, u ushbu fenomenlar 
orqali ifodalanadi: 
 – agglyutinatsiya (lot. “agglutinare” – yopishtirmoq, yelimlamoq)
muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo‘shib yoki ulardan foydalanib, 
narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol 
fenomeni; 
 – giperbolizatsiya
(yunon. “huperbole” – bo‘rttirish, kuchaytirish); 
 – sxematizatsiya o
braz va shaklni vujudga keltirish demakdir; 
 – tipizatsiya (yunon. “tupos” – iz, chiziq)
yoki tipiklantirish – 
o‘xshatma muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va 
nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin