113
bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat –
yoshlarni tanlagan kasbiga hurmat uyg‘otish jarayonidagi kasbiy
g‘ururni shakllantirishda xizmat qiladi.
Shu jihatdan barkamol avlod tarbiyasida o‘qituvchi-tarbiyachining
mahorat egasi bo‘lishi muhimdir.
Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta’lim jarayonidagi
o‘zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan
vazifani bajarishdagi kasbiy hislatlarni ta’riflashda qo‘llaniladi.
Mahorat va uning o‘ziga xos xususiyat
va talablari borasidagi
masalalarni I.A Zyazyun, P.Ye Reshetnikov, Ye.I Ilin, Sh.A
Amonashvili, N. Saidahmedov, X.A To‘raqulov kabi olimlar
o‘rganishgan va o‘z tadqiqotlarida o‘qituvchi
mahoratining turli
yo‘nalishlarini tadqiq qilishgan.
Mahorat – san’at, mahorat izlanish, mahorat – pedagogik
texnologiyalarni qo‘llay bilish, mahorat – o‘qituvchining o‘z
faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘z-o‘zini tarbiyalashidir.
O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r
san’atkor va fidoiy bo‘lishi hamda shogirdlarni
barkamol insonlar
qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb
masalalardan biridir. Shu sababli bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik
mahoratni egallashlari lozim.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi
qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan
nufuzli rahbar, o‘sib
kelayotgan yosh avlodning ichki dunyosini tushuna oladigan, ularning
tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola
shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy
dadillik, ilmiy tahlil, hayol va fantaziyaga, chuqur ilmiy tafakkurga
ega bo‘lgan shaxslardir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar,
fahm - farosat bilan
bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular
tarbiyaga kam kuch sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini
beradi.
Pedagogik mahorat pedagogdan odatdan tashqari kuch-g‘ayratni,
qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi
114
vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik
va halollikni, o‘tkir aql-idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib
ko‘rish malakasini talab qiladi.
Pedagogik qobiliyat – pedagogga xos bo‘lib, pedagogik faoliyatni
oqilona tashkillashtirish va olib borilishiga imkon beradigan, amaliy
vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan
xususiyatlar.
Psixolog olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni quyidagi
turlarga ajratishni taklif etadi:
didaktik, akademik, perseptiv, nutq,
tashkilotchilik, avtoritar, kommunikativ, pedagogik hayolot (ijod),
diqqatni taqsimlash qobiliyatlari.
Dostları ilə paylaş: