121
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo‘lib, u mazmuni,
tuzilishiga ko‘ra o‘quv dasturiga mos keladi.
Dasturiy ta’lim
– pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib,
u o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari,
qiziqishlari, ular tomonidan
o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda duch kelayotgan muammolar,
shuningdek, o‘quvchilarning bilim, dunyoqarash hamda o‘quv
fanining imkoniyatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
Didaktika
(ta’lim
nazariyasi, yunoncha “didaktikos” –
“o‘rgatuvchi”, “didasko” – “o‘rganuvchi”) – ta’limning nazariy jihat-
lari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi
va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakllari,
metodlari,
vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish
yo‘llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Yozma mashqlar
– ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va mustahkamlash uchun
qo‘llaniladigan mashqlar (diktant, insho, masala, misol,
referat
yozish, tajribani yoritish).
Jazolash
– shaxsning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho
berish.
Jinsiy tarbiya
– bolalar, o‘smirlar va yoshlarda jins masalalariga
nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga qaratilgan tibbiy,
pedagogik tadbirlar tizimiga ko‘ra tashkil etiladigan jarayon.
Jismoniy tarbiya
– o‘quvchilarda jismoniy-irodaviy
sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va Vatan
mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan jarayon.
Dostları ilə paylaş: