Ogohlantirish – sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti-
harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan tarbiyaviy usul.
Pantomimika – bu gavda, qo‘l va oyoqlarning harakati bo‘lib, u
pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni alohida ajratib
ko‘rsatishga, ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi.
Pedagogik innovatika – ta’lim subyektlari nuqtayi nazardan
pedagogik innovatsiyalarning mohiyati, paydo bo‘lish, rivojlanish
qonuniyatlarini hamda pedagogik an’analar bilan kelajak ta’limining
loyihalashtirilishi o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganadi.
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikr-
lashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi
ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek,
mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyor-
garligini tavsiflovchi qobiliyati.
Pedagogik qobiliyat – pedagogga xos bo‘lib, pedagogik faoliyatni
oqilona tashkillashtirish va olib borilishiga imkon beradigan, amaliy
vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan
xususiyatlar.
Pedagogik mahorat – 1) o‘qituvchining pedagogik jarayonni
tashkiliy, metodik, ruhiy va subyektiv jihatdan o‘ta mohirlik, ustalik
bilan tashkil etish va boshqarish qobiliyati, ko‘nikma-malakasiga
egaligi; ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik
bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik
tafakkur; 2) pedagog tomonidan kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik
bilan, san’atkorona tashkil etilishini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va
malakalar majmui.
Pedagogik muloqot madaniyati – pedagogning o‘quvchilar
jamoasi, ota-onalar, hamkasblar hamda rahbariyat bilan pedagogik
odob hamda muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan
suhbati.