Tarbiya vositalari
– tarbiya jarayonining ta’sirchanligini oshirish
maqsadida qo‘llaniladigan moddiy buyumlar, narsalar, ma’naviy
128
omillar, faoliyat (o‘yin, o‘qish, mehnat va muloqot) hamda hissiy
yondashuv ko‘rinishi.
Tarbiya jarayoni
– o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya metodi
(yunoncha “metodos” – yo‘l) tarbiya maqsadiga
erishish, tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va hulqiga
ta’sir etish yo‘llari.
Tarbiya nazariyasi
– pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi
bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni
tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari,
usullari va muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya usullari
– bu tarbiyalash, pedagogik ta’sir ko‘rsatish
xususiyatga ega xatti-harakatlar majmui bo‘lib, ular yordamida
shaxsning qarashlari, motivlari, harakatlarini o‘zgartirish maqsadida
uning hulqiga va pozitsiyasiga tashqi ta’sir ko‘rsatiladi.
Ta’lim –
o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va
malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish
va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim vositalari –
o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi obyektiv
(darslik, o‘quv qo‘llanmalari va qurollari, xarita, diagramma, plakat,
rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, te-
le vizor, radio, kompyuter, b.sh.) va subyektiv (o‘qituvchi nutqi, namu -
nasi, muayyan shaxs hayoti, faoliyatiga oid misollar, h.k.) omillar.
Ta’lim jarayoni
– o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil eti-
luvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan peda-
gogik jarayon.
Dostları ilə paylaş: |