Misol:
> s1:=[Pi,1]; s2:=[exp(1),0];
> s:=[op(s1),op(s2)];
zip komandasi ikkita ro'yxat elementlari ustida biror binar amalini qo'llab, yangi ro'yxat hosil qilib beradi. Komandaning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
zip(, , , [, qiymat]);
Komandaning uchinchi parametri va larning elementlar soni har xil bo'lganda qo'llanilib, [, qiymat] elementlar kam bo'lgan ro'yxat uchun qo'shimcha element sifatida beriladi.
Misol:
> zip((x,y)->x+y,[1,2,3],[4,5,6]);
> zip((x,y)->x+y,[1,2,3],[4,5],0);
zip komandasini bir xil o'lchamli matrisa va vektorlar uchun ham qo'llasa bo'ladi.
sort komandasi ro'yxat va ko'phad elementlarini tartiblab beradi. Ko'phad elementlari o'zgaruvchilarning darajalarini pasayib borishiga nisbatan tartiblanadi. Ro'yxat:
a) sonli elementlardan iborat bo'lsa, qiymatlarning o'sib borish tartibida joylashtiriladi;
b) satrli yoki belgili elementlardan iborat bo'lsa, alfavit tartibida joylashtiriladi;
v) aralash elementlardan iborat bo'lsa, elementlarning xotiradagi adresi bo'yicha tartiblanadi va elementlar tartibi har ish seansida har xil bo'lishi mumkin.
sort komandasiga tartiblash qoidasini ko'rsatish ham mumkin. Masalan:
> sort([1/2,3/4,1/'7,5/2],(x,y)->evalb(denom(x)
Bu yerda ro'yxat elementlari kasr maxrajining denom() o'sish tartibida joylashtirildi.
> sort([2,4,7,-2,10],`>`);
Bu misolda, berilgan ro'yxat elementlari `>` qoidaga ko'ra kamayish tartibida joylashtirildi.
coeff – komandasi ko'phadning o'zgaruvchilar darajasi oldidagi koeffisiyentini aniqlab beradi. Komandaning ko'rinishi: coeff(, ^);
Dostları ilə paylaş: |