Ketma-ketlikning har bir elementi o'z indeksiga ega bo'lganligi uchun uning elementini indeks bo'yicha alohida ajratib olish mumkin.
Masalan:
> s:=x,x^2,x^3;
> s[2];
Lekin, indeks bo'yicha ketma-ketlikning elementini o'zgartirish mumkin emas, ya'ni
> s[2]:=y; bajarilmaydi(mumkin emas).
Ma'lum bir qonuniyat bilan ketma-ketlik hosil qilish kerak bo'lsa, seq(f, i=m..n); seq(f, i=x); komandalar qo'llaniladi. Bu komandadagi f – i parametrga bog'liq o'zgaruvchi qatnashgan ifoda bo'lib, m va n lar esa uning o'zgarish oralig'i hisoblanadi. Parametrning qiymati o'zgarish oralig'ida 1 qadam bilan o'zgaradi. x parametr–ro'yxat, to'plam, yig'indi, ko'paytma yoki satr bo'lishi mumkin.
Misol:
> seq(sin(Pi*i/6),i=0..6);
> seq(x[k],k=3..5);
Ketma-ketlik elementlarini hosil qilishda $ amalni ham qo'llash mumkin.
Misol:
> $2..5;
> i^2$i=2/3..8G'3;
> a[i]$i=1..3;
> x$4;
Ro'yxat va to'plam turidagi ma'lumotlar quyidagilardan iborat. Ro'yxat – [ ] qavs ichiga olingan tartiblangan ifodalar ketma-ketligi. To'plam – {} qavs ichiga olingan tartiblanmagan ma'lumotlar ketma-ketligi. To'plam turidagi ma'lumot matematik talqinidagidek tushuniladi, unda takrorlanuvchi elementlar bo'lmaydi va to'plam elementlarining tartibini Maple 6 tizimi belgilaydi. Shuning uchun bir ish seansidagi tartib boshqa ish seansidagi tartibga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ro'yxat elementlarining tartibi qat'iy bo'lib, unda takrorlanuvchi elementlar ishtirok etishi mumkin. to'plam va ro'yxatning elementlarini indeks nomeri bo'yicha olish va ro'yxat elementining qiymatini o'zgartirish mumkin. Masalan,
> l:=[a,b,c];
> l[2];
> l[3]:=3;l;
Dostları ilə paylaş: |