150
qondirish sharti bo‘lishi bilan birga ayni vaqtda inson hayotining aso-
siy shakli, mazmuni sifatida barcha xalqlarning eng asl farzandlari –
mutafakkirlari, olimu fozillarining diqqat markazida bo‘lgan. shoir
Abu shukur Balxiyning mehnatni ulug‘lovchi quyidagi satrlarini
keltirish mumkin:
Orzu tilak yo‘li mehnat tagida,
Xazinaning mo‘li mehnat tagida.
Alisher navoiy, Furqat, Muqimiy, hamza va boshqalar mehnat
insonni ma’naviy go‘zallashtiruvchi roliga, mehnatsevarlikni
tarbiyalashga va mehnat ahlini qadrlashga katga o‘rin beradilar [25;
98-b.]. Qadimda ota-bobolarimizning mehnat haqida aytgan dono
naqllari hozirga qadar ham o‘z qadrini yo‘qotmagan: «Mehnat qilsang
ko‘ksing tog‘», «Hurmat qilsang, diling bog‘»; «Mehnatli non –
shakar», «Mehnatsiz non zahar»; «Mehnat baxt keltirar»; «Mehnat
qilib topganing, qand-u asal totganing». Bu
maqollar orqali dono
xalqimiz mehnatni ulug‘laydi, uning samarasi haqida fikr yuritadi.
o‘zbek bolalar yozuvchi va shoirlari ham kattalar mehnatining
mazmunini yortib berganlar. Bunga Q.Muhammadiyning «etik»,
«Bir hovuch yong‘oq» kabi she’rlari misol bo‘ladi [25; 99-b.].
Dostları ilə paylaş: