Педагогика indd


Kompleks-mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Kompleks-mavzuviy rejalashtirish 
(barcha beshta ta’lim 
sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik 
bo‘limning ta’rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta 
mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. 
Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy 
qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. kompleks-
mavzuviy rejada dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish 
ketma-ketligi ochib beriladi. Ta’lim faoliyatining taqsimoti, bolalar 
bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi. 
Tashkiliy bo‘lim. 
Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili 
tuzilmasi, ta’lim faoliyati jadvali (me’yoriy hujjatlarga muvofiq), 
yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, 
tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning 
ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni 
amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha 
ta’rifi beriladi. Shuningdek, turli xildagi faoliyatning o‘ziga xos 
ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan 
o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin. 
Dasturni amalga oshirish shartlari: 
moddiy-texnik ta’minot; 
o‘quv-metodik ta’minot (dasturlar, texnologiyalar, o‘quv 
qo‘llanmalari, ilmiy-metodik va o‘quv-metodik adabiyot, bolalar, 
ota-onalar uchun mo‘ljallangan adabiyot, internet-resurslar, ta’limiy 
CD disklar, didaktik material, hujjatlar). 
Foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxati. 
Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar berilishi mumkin: 
mashg‘ulotlar ishlanmalari, xordiq, bayramlar ssenariylari va h.k; 
tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha ish 
dasturi (rejasi); 
o‘yinlar va didaktik o‘yinlar ta’rifi; 
pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari


159
har bir yosh bo‘yicha ilova qilinadigan metodik jild-to‘plamlar; 
ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan 
hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra 
suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar) [12; 16-17-b.].

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin