Pedagogika va psixologiya


Ta’lim-tarbiyaning  muntazamliligi  tamoyili



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/40
tarix01.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#106488
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Integratsiya

Ta’lim-tarbiyaning  muntazamliligi  tamoyili  o‘quvchilarda  vatanparvarlik, 

milliy  mafkura  va  milliy  g‘ururga  sadoqat  kabi  ko‘plab  tuyg‘ularni  qaror 

toptirishdan  iborat.  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da  yosh  avlod  iymon-

e’tiqodini mustahkamlash, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol inson 

qilib  tarbiyalash,  tafakkurida  o‘zligini  unutmaslik,  ota-bobolarimizning  muqaddas 

qadriyatlarini  asrab-avaylash  va  hurmat  qilishni  qaror  toptirish,  ularni  zamon 

taraqqiyoti  bilan  barobar  qadam  tashlaydigan  komil  insonlar  bo‘lib  yetishishiga 

ta’lim  va  tarbiyaning  birligini  ta’minlash  ta’kidlangan.  Azaldan  mamlakatimizda 

ta’lim-tarbiya  jarayoniga  jiddiy  e’tibor  berib  kelinadi  va  bugungi  kunda  mazkur 

e’tibor yanada kuchaymoqda.

 

O‘.Q.Tolipov o‘z tadqiqotlarida tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari 



hamda o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilib, mavjud nazariy va amaliy g‘oyalarga, 

pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini 

belgilab  bergan.  Uning  fikricha,  o‘quvchi  ta’lim  jarayoniga  yetakchilik  qilsada, 

tarbiya  jarayonida  tarbiyalanuvchi  sifatida  asosiy  mavqeni  egallay  olmaydi. 

Chunki  unda  xarakter,  dunyoqarash  yetarlicha  shakllanmagan,  u  tarbiyachi-

o‘qituvchining yordamiga 

muhtoj. 

Darhaqiqat, 

boshlang‘ich 

sinf 


o‘quvchilarini  barkamol  inson  qilib  tarbiyalash,  ularning  dunyoqarashini 

shakllantirish,  ijobiy  fazilatlarni  ularda  tarkib  toptirishda  ijtimoiy-gumanitar 

turkumdagi  o‘quv  fanlarining  o‘rni  beqiyos.  Ushbu  o‘quv  fanlari  doirasida 

o‘rganilayotgan,  tarbiyaviy  ahamiyat  kasb  etuvchi  har  bir  mavzu,  albatta, 

matematik  tushunchalarsiz  o‘quvchilar  ongiga  singdirilmaydi.  Matetatik 

tushunchalar yordamida voqea-hodisalar o‘quvchilarning ongiga o‘rnashib qoladi.

 


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin