Pedagogika va psixologiya



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/40
tarix01.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#106488
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Integratsiya

 

 

2.3. Tajriba-sinov ishlari tahlili 

Muammoga  doir  izlanishlar  olib  borishda,  tajriba–sinov  ishlarini  tashkil 

etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik: 

1)  Fanlararo integratsiya hodisasining mazmun-mohiyatini o’rganish. 

2)  Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan darslarni tashkil 

etishga doir fikr-mulohazalarini o‘rganish;

 

3)  An’anaviy  metodlar  asosida  boshlang‘ich  sinf  o’quvchilari  tomonidan 



dastlabki iqtisodiy bilim va tushunchalarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash 

va natijalarini tahlil qilish.

 

4)  Boshlang‘ich 



ta’lim 

jarayonida 

o‘qitiladigan 

fanlardan 

integratsiyalashgan darslarni tashkil etish metodikasini o’rganish.  

Olimlarning  mazkur  yo‘nalishdagi  ilmiy-tadqiqot  ishlari,  falsafiy, 

psixologik,  pedagogik  muammolar  yoritilgan  ilmiy  asarlar  o‘rganildi  va  tahlil 

etildi.  Bitiruv  malakaviy  ishning  1.3-bandida  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining 

integratsiyalashgan  darslarni  tashkil  etishga  doir  fikr-mulohazalari  tahlil  qilindi. 

Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanlarni o‘zlashtirish darajalari test 

sinovlari asosida aniqlandi. 

Mazkur bosqichda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining chuqur tahlillari 

asosida quyidagi xulosalarga keldik: 

birinchidan, 

ko‘pgina  o‘qituvchilar  o‘quvchilarga  o‘quv  materiali 

mazmunini  tushuntirishda  asosan  ta’limning  reproduktiv  metodlaridan 

foydalanadilar.  Dars  jarayonida  taqdim  etilayotgan  bilimlarning  asosiy  mazmuni 

o‘quvchilarga tayyor tarzda taqdim etiladi



66 

 

ikkinchidan,  barcha  o‘quv  fanlari  uchun  umumiy  bo‘lgan  dars  jarayonida 

o‘quvchilarda  iqtisodiy  bilim  va  tushunchalarni  shakllantirishda  o‘quv  fanlariaro 

aloqadorlikni ta’minlovchi imkoniyatlardan to‘la foydalanilmaydi. 

 

Tajriba-sinov  ishining  keyingi  bosqichida  ilmiy  farazimiz  asosida  3-sinf 



matematika  fanidan  integrativ  darslar  orqali  boshlang‘ich  sinf  o’quvchilarida 

iqtisodiy  bilimlarni  shakllanganligini  aniqlash  bo‘yicha  qator  tadbirlar  amalga 

oshirildi.  Bunda  iqtisodiy  tarbiyani  olib  borish,  uning  mazmuni,  iqtisodiy 

tarbiyaning tarixiy rivojlanish mohiyati va Sharq mutafakkir olimlarining iqtisodiy 

tarbiyaga oid qarashlari haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

 

Tajriba-sinov  ishlari quyidagi sinflarda olib borildi. 




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin