Oilada er xotin ichki munosabatlarining bosqichlari: Oilada er-xotin munosabatlarining hattoki eng baxtli oilalarda ham quyidagi beshta bosqichlar sodir bo‘ladi.
1) ehtirosli-bir birini sevish hatto xotirlash xam insoniy ijobiy emotsiyalar keltirib chiqaradi.
2) biroz bir birini sevish-bunda juftining obrazi ongida xar doim ham mavjud bo‘lmasligi hamda har doim ham ijobiy emotsiya keltirib chiqarmasligi mumkin, lekin baribir uni kelishi, bo‘lishi kayfiyatini ko‘nglini ko‘taradi.
3) bu bosqichda navbatdagi sevishi davom etadi. Turmush o‘rtog‘ining kelishi bo‘lishi kayfiyatini ko‘tarmaydi. Buning uchun turmush o‘rtog‘i tomonidan qandaydir e’tibor mehr muhabbat ayamaslik kerak. Munosabatni, muloqotni bu tarzda (salbiy emotsiya va kechinmalar tarzida) tashkil etmaslik o‘zini o‘zgartirish bir biriga chidagan holda, o‘zining boshqa tomonlarini ko‘rsatish tavsiya etiladi. Agar nizolar ijobiy hal bo‘lsa er xotin munosabatlari birinchi bosqichgacha tushishi mumkin, agar er xotin munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa ular hayotida to‘rtinchi bosqich boshlanadi va oqibatda ajrim holatlari yuzaga kelishi mumkin.
4) bu bosqichda turmush o‘rtog‘ini hattoki yonida turish ham unga salbiy emotsiyalar beradi.
5)Turmush o‘rtog‘i obrazi ongini tark etmaydi, lekin u salbiy tasavvurlardan tashkil topgan bo‘ladi. bunda er xotinga vaqtinchalik bir biridan dam olishi(ayrilishi) kerak, bunda ular o‘rtasidagi munosabatlar hissiyotlar yana qaytadan aloqalarning tiklanishi kuzatishi mumkin.
14-MAVZU TA’LIM JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Mavzuning o‘quv maqsadi: Ta’limiy: Talabalarga ta’lim tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, ta’limning noan’anaviy usullari va vositalari haqidagi ma’lumotlarni, jamiyatning kelgusi rivojlanishiga ta’limning bog‘liqligini tushuntirish va anglatishdan iborat.
Tarbiyaviy:ta’limning shaxs rivojlanishidagi rolini Yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalarda o‘qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.