43
- Relaksasion (dam olish);
- Musobaqalashish va nizolami hal etish;
- Akkomodasiya (birlashish, hamkorlik qilish);
- Assimilyatsiya (boshqalarga moslashish);
- Ijtimoiylashuv (shaxsning jamiyatga moslashuvi jarayoni).
O ‘yinning o ‘zini namoyon qilish nazariyasi tarafdorlarining fikriga k o 'ra, inson o‘ynar
ekan, unda jamiyatda mavjud bo'lgan odatlar, ustanovkalar shakllanadi. Bu yo'nalishda J.Pyaje ish
olib borgan bo'lib, uning fikricha, o'yin inson faoliyatining bir qismi bo'lib, u go'yo xayol va
tafakkur o'zaro bog'liq bo'lgani kabi, inson faoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun o'yin
insonning psixofiziologik rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. O'yin jarayonida inson hayotiy
qiyinchiliklami yengib o'tishga o'rganadi. J.Pyaje o'yinnning inson rivojlanishi uchun ahamiyatli
jihatlarini quyidagicha talqin etgan:
A) Mashqli o'yinlar - ancha murakkab bo'lgan ko'nikmalami shakllantirishga,
musobaqalashish, hamkorlik va aqliy rivojlanishga yordam beradi;
B) Simvolik o'yinlar - oilaviy vazifalarni rivojlantirishga yordam beradi;
V) Qoidali o'yinlar - o'yin qoidalariga amal qilish jarayonida hayotiy qoida va normalarga
rioya qilishning shakllanishiga yordam beradi.
J.Pyajening umumiy xulosasiga ko'ra, insonning ichki fantaziyasiga bog'liq liolda har qanday
faoliyatni o'yinga aylantirish mumkin yoki o'yin sifatida qarash iimmkin.
Psixoterapevtik nazariya tarafdorlaridan biri Z.Freydninig fikricha, o'yinning usosiy vazifasi
- hayotiy xoxish-istaklami ta’qiqlash va ulaming qondirilmasligi natijasida yuzaga kelgan
qoniqmaslik hislarini chiqarib yuborishdan iborat.
Jaykob Morenoning o'yin konsepsiyasi amaliy natijalami ko'rsatdi. Uning uaziryasi
Z.Freydning individualistik yo'nalishini inkor etib, quyidagicha fikr luldiradi: kishilar hayoti
davomida yashayotgan kichik guruhlaridagi kclishmovchiliklar unda nevrozlami - ichki nizolami
keltirib chiqaruvchi omil luxoblanadi. Va bu nizolar o'yin holati orqali bartaraf etilishi maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: