Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

1. elitar madaniyat - (Frantsuz, eng sara) - har qanday ijtimoiy tuzilmaning 
boshqaruv, madaniyat, fanni rivojlantirish funktsiyalarini amalga oshiruvchi oliy 
imtiyozli qatlam madaniyatidir. elita haqidagi nazariyalar dastavall Platon, Nitsshe 
g`oyaviy qarashlarida bayon qilingan bo`lib tizimli bir ko`rinishga XX asr boshlarida 
V.Peretto, G.Moska, Mixel’s ta`limoti tufayli yuzaga keldi.


Hozirgi Farb sotsiologiyasida elita turli xil ko`rinishlarga ko`ra olib qaraladi. 
Bunda elita hokimiyatga yo`nalgan, siyosiy jihatdan eng faol odamlar (Moska), 
jamiyatda eng ko`p obro`, maqom, boylikka ega bo`lgan, ommaga nisbatan aqliy va 
axloqiy ustunlikka ega odamlar (X.Ortega-I.Gasset), jamiyatning noijodiy 
ko`pchiligidan farq qiluvchi qismi (Toinb), eng malakali mutaxassislar, menejerlar va 
boshqaruv tizimidagi oliy xizmatchilar (texnologik determinizm) kabi izohlanadi. 
Hozirgi zamon sotsiologiyasi elita nazariyasi Mills, Rismen, Bell qarashlarida o`z 
ifodasini topgan.
Kiborlar (elita) madaniyati bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar esa - jamiyatning 
imtiyozli tabaqalari uchun shakllantiriladigan, «san`at san`at uchun» qoidasiga 
asoslangan madaniyat (masalan, nafis san`at, mumtoz musiqa, faqat kiborlargina 
mutolaa qiladigan badiiy adabiyot). Odatda kiborlar madaniyati namunalari oddiy 
odamlar uchun murakkab bo`ladi va ularni ko`proq maqomga ega bo`lgan toifa 
vakillari iste`mol qiladilar. 
2. Xalq madaniyati - maxsus tayyorgarligi bo`lmagan shaxslar tomoni-dan 
bunyod bo`lgan madaniyat qadriyatlaridir. Xalq ijodining mualliflari, odatda 
noma`lumdir. Jumladan, afsonalar, ertaklar, dostonlar («Go`ro`g`li», «Alpomish» va 
h.k.), xalq o`yinlari, kuy-qo`shiqlari (laparlar) va boshqa. Ijrosiga ko`ra xalq 
madaniyati elementlari yakka (masalan, baxshilar), guruhiy (qo`shiq yoki o`yin ijrosi) 
yoki ommaviy (masalan, sayillar, xalq bayramlari) ko`rinishga ega bo`lishi mumkin. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin