Tuzilgan bitim ikki tomonlama emas.
Tuzilgan bitim ko‘p tomonlamadir.
Biroq bu xulosa ѐlg‘on bo‘lishi ham mumkin, chunki katta asosda bitimlarning barcha ehtimol bo‘lgan turlari hisobga olinmagan: asos noto‘liq ѐki ochiq, dizyunktiv fikrdan iboratdir (bitim bir tomonlama bo‘lishi ham mumkin, uni tuzish uchun bir shaxsning o‘z roziligini bildirishi - ishonchnomani berishi, vasiyatnoma to‘ldirishi, merosdan voz kechishi va shu kabilar yetarli bo‘ladi).Ajratuvchi asos dizyunksiyaning ikkita emas, balki uchta va undan ko‘proq a’zosini o‘z ichiga olishi mumkin.
Ajratuvchi-qat’iy xulosa amaliѐtda, ayniqsa taxminiy fikrlarni qurish va tekshirishda keng qo‘llaniladi.
Shartli-ajratuvchi xulosa
Bir asosi shartli hukm bo‘lib, boshqasi - ajratuvchi hukm bo‘lgan xulosa shartli-ajratuvchi ѐki lemmatik (lotinchadan - gipoteza) xulosa, deyiladi.
Ajratuvchi hukm ikki, uchta va undan ko‘proq sonli alternativalarni o‘z ichiga olishi mumkin, shuning uchun lemmatik xulosalar dilemmalar (ikkita alternativa), trilemmalar (uchta alternativa) va shu kabilarga bo‘linadi.
Dilemma misolida shartli-ajratuvchi xulosaning tuzilmasi va turlarini ko‘rib chiqamiz. Dilemmalarning ikki turi: konstruktiv (bunѐdkor) va destruktiv (buzg‘unchi) dilemmalar mavjud bo‘lib, ularning har biri sodda va murakkab dilemmalarga bo‘linadi.
Sodda konstruktiv dilemmada shartli asos ikkita asosni o‘z ichiga oladi, ulardan ayni bir xil oqibat kelib chiqadi. Ajratuvchi asos har ikkala ehtimol tutilgan asoslarni, xulosa esa - oqibatni tasdiqlaydi. Mulohaza asoslarning chinligini tasdiqlashdan oqibatning chinligini tasdiqlashga yo‘naltirilgan.
Sodda konstruktiv dilemmaning chizmasi:
(p → q) (r → s), p v r
--------------------------------
q v s
Agar ayblanuvchi oldindan ma’lum bo‘lgan noqonuniy hibsga olishda (r) aybdor bo‘lsa, unda u odil sudlovga qarshi jinoyat (r) uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak; agar u oldindan ma’lum bo‘lgan noqonuniy qamoqqa olishda (q)
aybdor bo‘lsa, unda u ham odil sudlovga qarshi jinoyat (r) uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak.
Ayblanuvchi ѐ oldindan ma’lum bo‘lgan noqonuniy hibsga olishda (r) aybdor ѐki u oldindan ma’lum bo‘lgan noqonuniy qamoqqa olishda (q) aybdor.
Ayblanuvchi odil sudlovga qarshi jinoyat (r) uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |