Inkor hukm – biror predmetda biror belgining mavjudligini rad etadigan hukm.
Inkor modus – shartli va ayiruvchi sillogizmning inkor modusi.
Iroda erkinligi - shaxsning, umuman, o’z xatti-harakatlari, faoliyati, xulqini tanlashda ob’ektiv mavjud bo’lgan etikaiy talablarni bilishi va ulardan oqilona foydalanishidir, bu shaxsning o’z fikrlari, xislari, mayllari ustida nazorat qilish qobiliyatidir. Iroda erkinligi hamisha birinchi tomondan tanlash uchun real imkoniyatlar borligini tushunish, ya’ni tanlash erkinligini, ikkinchi tomondan qabul qilingan qarorga erishishga qaratilgan muayyan intilishni, irodani o’z ichiga oladi.
Iroda xolatidafaqat shakli bilangina emas, balki mazmuni erkin bo’ladi, zaruriyatni anglaydi.
Isbot – biror fikrning to`g’riligini amaliy tajribada ilgari chinligi tasdiqlangan boshqa bir to`g’ri fikr vositasi bilan asoslab berish. Har qanday isbot 3 qismdan iborat bo`ladi: Tezis, asos (argument) va isbotlash usuli (demonstratsiya). Isbotlash qoidalari: isbot to`g’ri bo`lishi uchun amal qilish zarur bo`lgan qoidalar: Ular tezisning argumentlarining va isbotlash usulining qoidalarini o`z ichiga oladi.
Islomgacha bulgan ma’naviy merosimizning namunalari - muqaddas “ Avesto” kitobida “ Kultegin, ” “ Bilga Xoqon”, “ Tungyuquq” bitiklari, Kayxusrav va Doroga qarshi kurashgan milliy qaxromonlarimiz xaqida: “ Tumaris”, “ Shiroq”, afsonalari, Makedoniskey ( Iskandar Zulqarnayin) ga qarshi kurashgan Spetamen haqidagi rivoyaatlar, Panjikentda topilgan ( 1932 yillarda) so‘g‘d yozuvidagi 86 xujjat, Xorazmdagi qal’adan topilgan 83 dan ortiq qadimgi Xorazm yozuvlarida va boshqa xujjatlarda o‘z aksini topgan.
Istiqlol - xar bir inson, jamoa, davlat, millatning rivojlanishi uchun zarur erkinlik sharoi. “ Istiqlol ” so‘zi boshqalarga tobe’ bo‘lmay o‘z erki bilan yashash, o‘zini o‘zi idora qilish, erkinlik ma’nosini bildiradi.
Jadidchilik– (arabcha “jadid” – yangi) – yangilanish, yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi.
Jazo – huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog‘liq bo‘lgan majburlov chorasi.