Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi



Yüklə 98 Kb.
səhifə2/10
tarix20.09.2022
ölçüsü98 Kb.
#117882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
RA\'NO-2

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Vatanimizning kelajagi bo‘lgan yosh avlodning ma’naviy olamini boy, har sohada barkamol qilib tarbiyalash uchun xalqimiz tomonidan necha ming yillar davomida yaratilgan ma’naviy boyliklar: og‘zaki ijod, yozma manbalar, urf-odat va an’analar to‘g‘risidagi bilimlardan bahramand qilish, ularda xalqimizga hurmat, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish va shakllantirishdan iborat.


Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodikasi fani bo‘yicha bakalavr:

- pedagogik tadqiqotlar va ularning metodologiyasi;


- pedagogikaning metodologik muammolari;
- fanining maqsad vazifasi, predmeti haqidagi bilimga;
- adabiyotlar ustida ishlash;
- referat va kurs ishlarini yozish;
- talabalarning bitiruv malakaviy ishi yozish ko’nikmasiga;
- kuzatish metodi;
- anketa, test va suhbat metodlari;
- reyting ( baholash ) metodi;
- sotsiometrik metod;
- pedagogik amaliyotni o‘rganish metodlari;
- pedagogik eksperiment haqidagi malakasiga ega bo‘lishi kerak.


Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi
Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodikasi”fani o’z faoliyati jarayonida pedagogik fanlari tizimiga kiruvchi barcha fanlar bilan, psixologiya, anotomiya va fiziologiya, falsafa, tarix, etnografiya, arxeologiya, adabiyot, san‘at, musiqa, tasviriy san‘at, jismoniy tarbiya kabi fanlar bilan aloqa qiladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Pedagogik ilmiy tadqiqotlar metodikasi”kursini o’qitish jarayonida zamonaviy o’quv-texnik apparaturalardan, kompyuterdan foydalanish mumkin. Har bir mavzuga oid muammoli vaziyatlar yechimini topish, virtual kutubxona fondidan foydalanishga talabalarni jalb etish bilimlarni chuqur egallashga yordam beradi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda test, yozma ishlar, kollokvium kabi nazorat shakllaridan foydalanish bilim olishga bo’lgan qiziqishni oshiradi.

Yüklə 98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin