O‘qitish va o‘rganish usullari Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda geometriya kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida geometriya kursi muammolari (misol va masalalari) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur matematik usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.
Mashg‘ulot turi
Ajratilgan soat
Ma’ruza
8
Amaliy mashg‘ulot
16
Mustaqil ta’lim
96
Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari
120
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash quyidagi faktorlar orqali amalga oshiriladi:
Talabaning joriy nazoratdagi faolligi;
Talabaning oraliq nazoratdagi olgan natijasi;
Talabaning yakuniy nazoratdagi olgan natijasi;
Talabaning mustaqil ta’limdagi ko‘rsatgan natijasi.
Talaba uch bahoga loyiq deb topilishi uchun u berilgan topshiriq haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi, masala va misollarning yechimi noaniq va tushunarsiz yozilgan bo‘lishi, chizmalar chala chizilgan bo‘lishi kerak. Bunda talaba umumiy ballning 60%-69% ini to‘playdi;
Talaba to‘rt bahoga loyiq deb topilishi uchun u berilgan topshiriqlarni aniq faktlar bilan tushinishi, chizmalar to’liq va to‘g‘ri chizilgan bo‘lishi, masala va misollarga to‘ri javob chiqarilgan bo‘lish kerak. Bunda talaba umumiy ballning 70%-89% i bilan baholanadi;
Talaba besh bahoga loyiq deb topilishi uchun u berilgan topshiriqlarning barchasiga to‘liq va aniq javob keltirgan bo‘lishi kerak. Bunda talaba umumiy ballning 90%-100% i bilan baholanadi.
Talabalarning fan bo‘yicha olishi zarur bo‘lgan baholari foizlarda va ballarda quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.