Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 114,55 Kb.
səhifə5/5
tarix03.02.2023
ölçüsü114,55 Kb.
#122951
1   2   3   4   5
BT 1-kurs

Nazorat
turi

Ball

Talabaning bahosi

Ikki baho (qoniqarsiz)

Uch baho (qoniqarli)

To‘rt baho (yaxshi)

Besh baho (a’lo)

Joriy
nazorat

0-20 ball

0-11 ball

12-13 ball

14-17 ball

18-20 ball

Oraliq nazorat

0-30 ball

0-17 ball

18-20 ball

21-26 ball

27-30 ball

Yakuniy nazorat

0-50 ball

0-29 ball

30-34 ball

35-44 ball

45-50 ball

Jami

0-100 ball

0-59 ball

60-69 ball

70-89 ball

90-100 ball


  • Talabaning dars jarayonidagi faolligini baholash – bu professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tilayotgan mashg‘ulotlar davomida talabaning bilimini baholash tizimidir. Bunda professor-o‘qituvchi kurs davomida talabalar bilimini nazorat qilishni qisqa savol-javoblar, amaliy mashg‘ulotlarda masalalar yechish va uy vazifalarining taqdimoti orqali amalga oshiradi. Umumiy baholashning 10 foizi.

  • Oraliq nazorat – bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda unga yana 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi. Umumiy baholashning 30 foizi.

  • Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, xulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Umumiy baholashning 10 foizi.

  • Yakuniy nazorat – bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Umumiy baholashning 50 foizi.

Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.



Asosiy adabiyotlar

A1

Abdullayeva B.S, Sadikova A.V, Xamedova N.A, Muxitdinova M.N, Toshpulatova M.I “Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi” Toshkent-2018.

A2

Xamedova N.A, Ibragimova Z, Tasetov T “Matematika” Turon-iqbol-2010.

A3

Yo.U Soatov “Oliy matematika” Toshkent-O’qituvchi 1992.

Tavsiya qilinadigan qo‘shimcha adabiyotlar

D1.

Susanna S.Epp.Discrete Mathematics with Applications..Founn.I dinon Printed in Canada, 2011.

D2.

Herhen Gimes.Mathematical Literacy for Humanists, Primed in the United States of America. 2010.



Internet manzillari
1. www.pedagog.uz
2. www.edu.uz
3. http://ziyonet.uz
Yüklə 114,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin