Tayanch tushunchalar: psixika, markaziy nerv tizimi, neyron, refleks,
shartli refleks,
sinaps, ustanovka
Bir necha o‘n yillar davomida milliy psixologiya tadqiqotlari shaxs faoliyati tamoyillariga
asoslangan edi. Bu tamoyillar muallif haqida aniq va ishonchli ma’lumotlar yo‘q. Bu tamoyillar
birinchi bo‘lib 1922 yil Rubinshteynning “Shaxs ijodiy faoliyati tamoyili” maqolasi orqali yuzaga
kelgan” degan fikrlar ham mavjud. Bundan tashqari, o‘tgan asrning 20-30 yillarida L.S.Vigotskiy
tomonidan yozilgan bir necha asarlar ham bu tamoyillarning fundamental g‘oayalariga asos
bo‘lgan degan ma’lumotlar ham mavjud. Bu tamoyilning ma’no psixolog L.Ya.Galperin yoritgan
edi. Uning yozishicha shaxs ijodiy faoliyati faqatgina shaxs tor doirasida emas, sub’ektning tashqi
va ob’ektiv faoliyatini o‘z ichiga olib o‘rganish kerak; shaxs ijodiy faoliyati psixikaning
zarurligini, unig tarkibi va tuzilishi tashqi faoliyat bilan uzviy bog‘liqligini o‘rganish; psixologik
faoliyatda shaxs ishtirok etmaydigan jarayon emas, sub’ektning muammoli holatdagi faoliyati
bilan ko‘rib chiqish.
Milliy psixologiyada shaxs ikki qarash bilan o‘rganiladi.
Barcha psixologik jarayonlar – diqqat, xotira, tafakkur shaxsga tobe bo‘lgan tanlangan
xarakterga ega faol holatga egadir. (motivatsiya,
qiziqish, maqsad, xarakter).
L.S.Vigotskiy (1896) – metodolog-psixolog, ko‘p yillar davomida bola psixikasini
o‘rganishda empirik usullardan foydalanish dasturi ustida ish olib borgan. 10 yil davomida olib
borilgan tinimsiz va tig‘iz izlanishlar orqali u 180 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Bu asarlar
orasida “San’at psixologiyasi”, “Fikr va nutq”, “Pedagogik psixologiya”, “Psixologik krizisning
tarixiy mazmuni” kabi asarlari mashhurdir.
Ichki psixik jarayonlarni tushunish uchun inson organizmi doirasidan chiqib, uning atrof-
muhit bilan bo‘ladigan munosabatini o‘rganish kerak edi.
Uning konsepsiyasi ma’naviy-tarixiy deb atash mumkin edi, chunki ong va psixik
jarayonlarga interpretatatsiyani faqatgina ularning rivojlanishi va qurilishi orqali berish mumkin
edi. Vigotskiyning asosiy g‘oyasi, yuqori psixik funksiyalarning rivojlanishini tasdiqlash bilan
bog‘liq edi. Ular yosh bolada kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi. Vigotskiyning fikricha,
rivojlanish, ma’naviy belgilarni ularning ichida eng soddasi bo‘lgan so‘zlarni o‘zlashtirish bilan
bog‘liq bo‘ladi. Oliy psixologiyaga doir muommolar birga insonda tug‘ilishdan mavjud bo‘lgan
funksiyalar xususida ham bahs yuritiladi. Vigotskiyning fikriga ko‘ra rivojlanish ikki yo‘nalishga
bo‘ladi:
Bola rivojlanishida bu ikki yo‘nalish ham ishtirok etadi va biz ularni iz holatda filogenezda
uchratishimiz mumkin: bular; biologik va tarixiy, tabiiy yoki ma’naviy xulqning rivojlanishidir.
Ontogenezda bu ikki jarayonlar o‘z paralellariga egadir.
Tabiiy funksiyalar bular mexanik xotira, diqqat, obrazli fikrlarni
organik rivojlanishlar
bo‘lib, ular tashqi muhit bilan bo‘lgan aloqa davomida shakllandi. Oliy psixik funksiyalarga –
mantiqiy xotira, dunyoqarash, tushunchalarda fikrlash. Birinchi-tabiiy stimul reaksiya tamoyili
asosida, ikkinchisi esa qonun bilan rivojlanadi.
Vigotskiy ikkita gipotezani oldinga surgan:
1)
Oliy psixik funksiyalarning tarqalishi;
2)
Tashqi integratsiya yo‘li orqali ichki faoliyatning vujudga kelishi. Izlanishlar shuni
ko‘rsatdiki, xulq-atvorni o‘zlashtirish avval tashqi (sotsial) planda, kattalar bilan muloqot
davomida rivojlanadi va shundan so‘ng funksiyalar ichiga aylanadi. Bu qonuniyat, ma’naviy
rivojlanishning umumgenetik qonuni, - deb ataladi.
Shaxsning shakllanishi, Vigotskiyning
fikricha, moddiy rivojlanishni aks etadi. Uning fikricha bola shaxsiyati bilan moddiy rivojlanish
o‘rtasida teng belgisini qo‘yishimiz mumkin. Shaxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi.
Shaxsning ko‘rsatkichi deb, tabiiy va oliy psixik funksiyalar ko‘rinishida ko‘rishimiz mumkin.
Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa, unda shuncha dunyo va o‘z xulq-atvori ustidan
bo‘lgan boshliqligi kuchayadi.
A.N.Leontev (1903-1979) – psixolog, ilm tashkilotchisi, faoliyat nazariyasi asoschisi. Uning
asarlari orasidan “Psixika rivojlanishi”, “Faoliyat, ong, shaxs”, kabilari mashhurdir. Leontev
konsepsiyasi inson rivojlanishida ijtimoiy determinatsiyaning o‘rni haqidagi qarashni ma’qullab,
qaysidir ma’noda Vigotskiy yo‘lini davom ettirgan. Leontevning shaxs teoriyasi asosiy tamoyili
yordamida insonning natural faoliyatini tushunish bilan ifodalash mumkin. Uning
konsepsiyasining asosiy tushunchasi bu faoliyat kategoriyasidir. Faoliyat fenomeni sabab, atrof
olam ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tekshiriladi.
Faoliyatning asosiy formasi uning tashqi faoliyatidir. Daliliy ma’nosi bu so‘z ma’nosi bilan
solishtiriladi. Leontev ta’kidlab o‘tganidek, ma’no faqatgina bittaga taalluqli bo‘la olmaydi,
chunki harakatni individ bajarmaydi. Tarixiy rivojlanishning tashqi faoliyat davrida ichki
funksiyalar yuzaga kelishi mumkin, ular tez shakllanib 2 ta formaga aylanadi.
Predmetli faoliyatda asosan o‘z-o‘zini ta’minlay oluvchi − harakat va operatsiyalar ajralib
chiqadi. Ichki faoliyatda motiv va maqsad shularga kiradi. Butun bir faoliyatni o‘rganishdan
maqsad ichki tizim bog‘lamishlar va munosabatlarni tadqiq qilishdir.
Leontev fikricha shaxs bu faoliyatning ichki momenti, shaxs
tushunchasi asosan individ
tushunchasi bilan adashtiriladi. “Individ” tushunchasi konkret sub’ektning bo‘linmasligi, butunligi
va o‘zgacha ekanligini ifodalaydi. Individ filogenetik va ontogenetik rivojlanishning so‘nggi
mahsulidir. Shaxs strukturasi motiv va faoliyat orqali yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, insonning
alohida psixologik yoki sotsial-psixologik tomonlaridan kelib chiqgan holatda “Shaxs
strukturasini” hosil qilish mumkin emas, bu shaxs o‘zagida unga o‘rnatilgan genetik
programmalarida, uning mavjud salohiyatida emas, balki bilimi va faxmidadir.
Shaxs analizi birligida shaxs mazmuni inson ongida motivni maqsadga bo‘lgan munosabati
sifatida o‘rtaga chiqadi. Shaxs mazmun shaxs analizi sifatida o‘rtaga chiqa olmaydi chunki uning
haqiqiy ko‘rinishi individ bilan bo‘lgan munosabati bilan o‘lchanadi. Mazmun bu haqiqatning
umumlashtirgani bo‘lib asosan so‘z va gaplarda kristallashib, fiksirlashib boradi.
Bu jamoa
tajribasining ideallashtirilgan ruhiy shaklidir.
Leontev faoliyat motivining o‘zgarishi shaxs mazmuni o‘zgarishi bilan birga amalga
oshiriladi. Misol uchun, talaba tomonidan kitobning mutoola qilinishi uning maqsadini ifoda etadi.
Uning motivi esa mutoola qilish orqali kelajakdagi kasbga tayyorlash yoki imtihonga
tayyorlashdir. Shaxs fikrlarini o‘rganish muammolarini Leontev ishlab chiqqan g‘oyalar asosida
o‘rganishni psixologiyaning turli xil jabhalarida qo‘llaniladi.
Rubinshteyn (1889-1960) mashhur psixolog, faylasuf va psixolog, fikrlash psixologiyasi
muommosi ustidan tadqiqotlar olib borgan, psixologiya
asoslarini yaratuvchisi, “Umuman
psixologiya asoslari” nomli darslik muallifi. “Ijodiy faoliyat tamoyili” maqolasida u ongni aktiv
faoliyat deb baho berdi. Bu g‘oya asosida ong birligi va faoliyati tamoyilini yaratadi. Ong birligi
va faoliyat haqidagi g‘oyalar psixologiyaning rivojlanishining ayni bir etapida vujudga kelgan
bo‘lib, XX asrning 30-40 yillarida introspektiv psixologiya va bixeviorizm bilan bog‘liq
muommolarni hal qilish uchun ham vujudga kelgan. Ong birligi va faoliyat tasdig‘i ong va
psixikani passiv bir mavjudligi deb emas, sub’ekt faoliyati, real individ va inson faoliyati uni atrof-
muhit bilan bo‘lgan munosabati jarayoni o‘rganiladi.
Rubenshteyn alohida ta’kidlab shuni aytadiki, insonga faqatgina faoliyat emas, balki shaxs
ham tanlov huquqiga ega holda ta’sir o‘tkazish kuchiga egadir. Shaxsni o‘rganish davomidagi
muhim daqiqalardan biri, Rubinshteyn fikricha faqatgina faoliyatini yoki hayot emas, bundan
kengroq jabhalarnio‘z ichiga oladi.
V.S.Merlin (1898-1982) shaxsiyatining integral nazariyalarini
ishlab chiqadi va quyidagi
bosqichlarini ko‘rsatdi.
1. Biokimyoviy;
2. Somatik;
3. Neyrodinamik;
4. Psixodinamik (temperament bosqichi);
5. Shaxsiyat;
1. Jamiyatdagi sotsial roli.
Bu bosqichlarni orasida bir tomonlama, aksincha ko‘p tomonlama bog‘liqlik bor, ya’ni bir
bosqich bir vaqtda bir necha bosqichda aloqada bo‘ladi. Temperament bosqichda quyidagilarni
farqlaydi.
Ekstraversiya – ob’ektiv holatdan kelib chiqib, psixik o‘zini tutish. Sergaklik – to‘siq
bo‘layotgan holatda qochish orqali reaksiyaga kirishish.
Reaktivlik – xatti-harakatga shunday javob qaytarish.
Impulsivlik – tezlik unda emotsiyalar xatti-harakatning kuchi.
Emotsiyalarni uyg‘onishi qo‘yilgan maqsadga aktiv harakat qilish. Shaxsiy faoliyat haqida
gapirganda, shuni nazarda tutganki, psixologik
vositalarning tizimi shundayki, inson o‘zining
shaxsiyatini ko‘rsatish uchun harakatsiz ulardan qochadi. Temperament B.S.Merlin fikricha ko‘ra,
o‘zgartirish mumkin emas, chunki u genetik joylashtirilgan, lekin uni kompensatsiya qilsa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: