Qisas ul-anbiyo



Yüklə 25,84 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2023
ölçüsü25,84 Kb.
#122048
1   2   3   4   5
9-Ma\'ruza (3)

Badriddin Chochiy (vaf. 745-h./1345-m.) ham XIV asrning I yarmi adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan biridir. Asli ko’hna Shosh (Toshkent)dan bo’lgan shoir ijodining dastlabki davrlarida turkiy tilda ham ijod etgan. Biroq 30 yoshlarida Hindistonga borib, o’sha yerda muqim yashab qolgan. “Faxruz-zamon” unvoniga sazovor bo’lgan shoirning ulkan adabiy merosidan bizgacha 72 qasida, 95 g’azal va qit’a hamda 32 ruboiy yetib kelgan. Mazkur asarlar G’iyosiddin binni Jaloliddinning 1841-yilda yozilgan “Kashf ul-asror” yoki “Sharhi qasoidi Badr Chochiy” asariga kiritilgan. Shoirning 30 ming bayt hajmdagi “Shohnoma” yozganligi ma’lum, biroq bizgacha yetib kelmagan.
Badr chochiy nihoyatda murakkab uslubda ijod etgan. Uning she’rlarini tushunish nafaqat hozirda, balki o’z davrida ham qiyinchilik tug’dirgan. U turli ramz va majozlardan ustalik bilan foydalanadi. Jumladan tong otishini quyidagicha tasvirlaydi:
Nayza kashid otashin rumii zarrinniqob,
Kard ba yak dam zadan jayshi habashro xarob.
Mazmuni: Zarrin niqob kiygan otashin rumiy (rumlik) nayza tortib keldi. U bir zarb bilan habash (qoratanli)ning sovutini parchalab tashladi.
Pahlavon Mahmud Xorazmda Najmiddin Kubro asos slogan javonmardlik (futuvvat) tariqati vakillaridan biri, ruboiynavislikning Umar Xayyomdan keyingi eng yirik namoyandalaridandir. U haqda Husayn Fanoyining “Majolis ul-ushshoq”, Lutf Alibek Ozarning “Otashkadayi Ozariy”, Shamsiddin Somiyning “Qomus ul-a’lom” asarlarida ma’lumot berilgan. Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida ham Pahlavon Mahmud (Pakkayor) tilga olingan. Tazkirada shoir taxallusi, hayoti, Hindiston safari, valiyligi haqida qiziqarli ma’lumotlar, ayrim ruboiylarining yaratilish tarixi bayon etilgan.1
Pahlavon Mahmud asosan Puryovaliy taxallusi bilan ruboiylar ijod etgan. “Majolis ul-ushshoq” tazkirasida “Qitoliy” taxallusi bilan yozgan g’azali, “Nasoyim”da qit’asi keltirilgan. Uning “Kanz ul-haqoyiq” nomli falsafiy-tasavvufiy masnaviysi ham ma’lum. Biroq undan bizgacha bir necha baytgina yetib kelgan. Demak, ruboyinavis sifatida e’tirof etiladigan shoir aslida she’riyatning boshqa janr va shakllarida ham qalam tebratgan. Uning Ruboiylari asosan falsafiy, axloqiy mavzularda.
Uch yuz ko’hi kofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermoq falakka bo’yoq.
Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan ko’ra yaxshiroq.
Shoir ruboiylari Chustiy, Ulfat, Sh.Shomuhammedov, J.Kamol, so’nggi yillarda esa E.Ochilov tomonidan tarjima qilingan va qilinmoqda.

Yüklə 25,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin