Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 32,22 Kb.
səhifə1/7
tarix22.06.2022
ölçüsü32,22 Kb.
#117148
  1   2   3   4   5   6   7
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni, maqsadi va vazifalari.


Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining qishloq xo`jaligida tutgan o`rni, maqsadi va vazifalari.


Reja:



  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jaligi va uning rivojlanish istiqbollari

  2. Fanning qishloq xo`jaligini rivojlantirishda tutgan o`rni

3. Fanning maqsadi va vazifalari
4. Fanda qo`llaniladigan usullar

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo`jaligi va uning rivojlanish istiqbollari
Qishloq xo`jaligi mamlakat xalq xo`jaligining eng muhim va yirik tarmog`i bo`lib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xomashyoga bo`lgan talabini qondiradi. Qishloq xo`jaligi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini dastlabki yoki to`liq qayta ishlashning turli jarayonlarini o`z ichiga oladi. Respublika qishloq xo`jaligi mamlakatning iqlim, yer-suv va moddiy resurslaridan hamda xalqning asrlar davomida to`plangan dchqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida paxtachilik va donchilikni rivojlantirishga qaratilgan. Dehqonchilikda g`allachilik, sholikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilikda esa qoramolchilik, qo`ychilik, qorako`lchilik, cchkichilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik (armoqlari faoliyat ko`rsatmoqda. o`zbekiston jahonda yalpi paxta hosilini yetishtirish bo`yicha 4-o`rinda, paxta tolasi eksporti bo`yicha 2-o`rinda (AQSH dan keyin) turadi. Shuningdek, respublikada yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, poliz mahsulotlarining asosiy qismi qo`shni davlatlarga sotiladi. o`zbekiston o`zining sifatli pillasi va qorako`l terisi bilan ham dunyoga mashhurdir. Respublikaning 1993 yildagi g`alla mustaqilligiga erishish dasturi to`liqta'minlanib, 6 mln. tonna don ishlab chiqarilmoqda. Respublika aholisining 16,3 mln. kishisi qishloq joylarida yashaydi. Yalpi ichki mahsulotning 26,8% qishloq xo`jaligiga to`g`ri keladi. 3,1 mln. Kishi yoki respublika xalq xo`jaligida ish bilan band bo`lganlarning 30,9% i qishloq xo`jalik sohasida mehnat qiladi. Respublika qishloq xo`jaligida mulkchilik shakllariga ko`ra:

  • kooperativ (jamoa xo`jaliklari, xo`jaliklararo korxonalar, shirkatlar uyushmalari, davlat xo`jaliklari negizida tashkil elilgan xo`jaliklar, janioa mulkiga aylantirilgan fermalar va boshqalar);

  • davlat (davlat xo`jaliklari, naslchilik zavodlari, o`quv-tajriba hamda tajriba xo`jaliklari);

  • xususiy (dehqon va fermer xo`jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar);

  • shaxsiy yordamchi xo`jaliklari (shaxsiy ehtiyojlar uchun ayrim qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish) sektorlari mavjud.

Mamlakatimiz qishloq xo`jaligida paxta yakka hokimligi (yakka ziroatchiligi)ning qaror topishi oqibatida 1987 - yilga kelib 2107,7 ming gektar yoki jami sug`oriladigan ekin maydonining 60% dan ko`prog`iga paxta ekildi. Natijada ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi izdan chiqdi, mineral o`g`itlar, gerbetsidlar, ayniqsa, inson salomatligiga zararli bo`lgan pestitsidlar me'yoridan ortiqcha ishlatilishi natijasida dehqonchilik qilinadigan joylarda ekologik sharoitlar buzildi, yerlarning meliorativ holati yomonlashdi. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakat qishloq xo`jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi.

Yüklə 32,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin