1.-jadval Qishloq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish ko`rsatkichlari
|
2000y
|
2001 y
|
2002y
|
2003 y
|
2004 y
|
2005y
|
2006 y
|
2007y
|
Paxta
|
3002,4
|
3265
|
3122.4
|
2803,3
|
3536
|
3728,4
|
3600,3
|
3715,8
|
Bug`doy
|
3929,4
|
4072
|
5650,8
|
6103,1
|
5868,8
|
6401.8
|
6655,1
|
6771,8
|
Kartoshka
|
731,1
|
744
|
777,2
|
834,4
|
895,7
|
924,2
|
1021.0
|
1188,1
|
Sabzavotlar
|
2644,7
|
2778
|
2935,6
|
3301,4
|
3336.1
|
3517,5
|
4294,1
|
4669,9
|
Meva
|
790,9
|
801
|
842,9
|
765,8
|
851,7
|
49,3
|
1182.2
|
1269,1
|
Uzum
|
624,2
|
573
|
516,4
|
401,5
|
589,1
|
641.6
|
103.6
|
880,3
|
Poliz ekinlari
|
451,4
|
466
|
479,1
|
587,3
|
572,5
|
615,3
|
744,1
|
840,0
|
Gosht(tirik vaznda)
|
841,8
|
853,5
|
865
|
936,7
|
996,3
|
1061,1
|
1 139.8
|
1208,6
|
Sut
|
3632,5
|
3665,2
|
3721,3
|
4031,1
|
4279,8
|
4 554,8
|
4 855,6
|
5097.4
|
Tuxum
|
1254,4
|
1287,8
|
1368,9
|
1632,4
|
1859,9
|
19666.7
|
21281,1
|
2214,7
|
Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat slatistika qo`mitasi materialari.
Jadval ma'lumotlaridan ko`rinib turibdiki, 2000-2007 yillarda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari oshganligi respublika qishloq xo`jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o`z samarasini berayotganligidan dalolat beradi. Sabzavotlar, poliz ekinlari, kartoshka, meva, sholi mahsulotlari, chorvachilikda sut, go`sht, tuxum, teri va jun mahsulotlariga erkin (kelishilgan) narxlarda sotish joriy etildi. Bu esa xo`jaliklarning o`zlari yetishtirgan mahsulotlarini o`z ixtiyorida foydalanishga imkon yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta, don, sholiga nisbatan saqlanib qoldi. Bu tadbirlar esa xo`jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo`jaliklarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini yaxshilashga hamda xo`jaliklarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta rivojlantirishga yo`l ochdi. Hammamizga ma’lumki, dehqon o`zi hosil yetishtirib, uni sotish bilan shug`ullanmasa, ish unumi va samarasi bo`lmaydi. Ularga o`z vaqtida bank, servis xizmati, ta'minot, iste'molchi va qayta ishlash korxonalari yordami berilishi tufayli, ko`proq mahsulot ishlab chiqarilib iste'mol bozori boyitilmoqda. Respublikada qishloq xo`jaligi sug`orma dehqonchilikka asoslangan bo`lib, sug`oriladigan ycrlar maydonini kengaytirish, suv ta'minotini yaxshilash, daryolar oqimini mavsumiy tozalash, suv omborlari, to`g`onlar, ulkan o`zi oqar va magistral kanallarining qurilishi, irrigatsiya shoxobchalarini yaxshilash, yerlarni melioratsiyalash, qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash, etektrlashtirish, kimyolashtirishni yaxshilash evaziga ekinlar hosildorligini va mehnat unumdortigini oshirish imkoniyati mintaqalar bo`yicha yaratiladi.
O`zbekiston hududi qishloq xo`jaligi jihatidan 3 mintaqaga bo`linadi:
1. Tog` va tog` oldi mintaqasi-respublika hududining 20 foizdan ortiq maydonini tashkil etadi. Ularga, lalmikor dehqonchilik (bug`doy, arpa, no`xat, zig`ir), bog`dorchihk va uzumchilik, mavsumiy bahorgi, kuzgi yaylovlar bo`lib, chorvachiligi go`sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan.
2. Sug`orma dehqonchilik mintaqasi - respublika hududining qariyb 20% ni tashkil etib, bu mintaqaga Farg`ona vodiysi, Mirzacho`l, Dalvarzin cho`li, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o`z ichiga oladi. Mintaqada paxta, don, sholi, makkajo`xori, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bog` va tokzorlar, tutzorlar, rezavor ekin maydonlari kiradi.
3. Cho`l yaylov niintaqasi - respublika hududining 60 foizini tashkil etadi. Hududga cho`l va suvsiz tekisliklardan iborat, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog`istonda va Farg`ona vodiysining markaziy qismida joylashgan yerlar kiradi.
Respublika hukumati tomonidan qishloq xo`jaligini rivojlantirish to`g`risida 2011yilga qadar strategik rejalar ishlab chiqildi. Unda yetishtirilgan malisulotlarni chet el investorlari yordamida qayta ishlash, saqlash va yetkazib berish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mahsulot hajmini oshirishda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga katta e'tibor berilgan bo`lib, uning istiqbolli yo`nalishlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha turli tadbiriy choralar ko`rilmoqda. Qishloq xo`jalik aholisini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida oxirgi yilda hukumatning qator qarorlari qabul qilinib, aholini turmush darajasini yaxshilash, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, kasanachilikni rivojlantirishga asosiy e'tibor berildi. Qishloq xo`jaligini rivojlatirishda ham qishloq aholisiga ish haqi to`lash tizimini yaxshilash, mehnat sharoitlarini yaratish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qishloq xo`jaligini industrial tarmoqqa aylantirish bo`yicha ko`plab chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Dostları ilə paylaş: |