Qo`shiq bo`lib qaytaman…



Yüklə 25,75 Kb.
səhifə4/7
tarix29.03.2023
ölçüsü25,75 Kb.
#124521
1   2   3   4   5   6   7
Muhammad Yusuf TADBIRI

Shoir haqida xotiralar
"Muhammad Yusuf tez og`izga tushdi. Biror shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo`lmagan. Ochig`ini aytsam, Muhammadga ko`z tegdi. Aslini olganda asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortdan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o`lmas meros qoldirdi.
Muhammad she'r muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. Endi shoirning o`zi yo`q. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish She'riyati bor. Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi".
Said Ahmad,
O`zbekiston qahramoni,
O`zbekiston xalq yozuvchisi.
"U obro` talashmas, izzatini so`roqlab yugurib yurishdan or qilardi. Xuddi shundoq yaxshi insongina yaxshi ijodkor bo`lishi tabiiy va qonuniydir. Shu kabi yuksak fazilatlar tufayli Muhammad Yusufni xalqimiz ardoqladi. Yurtboshimiz otalarcha mehr ko`rgizdi. Uning xizmatlarini davlatimiz munosib baholadi"
Abdulla Oripov,
O`zbekiston qahramoni
O`zbekiston xalq shoiri.
"Bu ozg`ingina, istarasi issiq, qorachagina yigitcha bir ko`rishdayoq meni o`ziga tortgan edi. Shu o`rinda bir narsani ta'kidlamoqchimanki, inson umrining ohirigacha ilm o`rganadi, xayot darsini o`rganadi. Ammo she'r yozish ilmi shunday ilmki, uni o`rganib bo`lmaydi. U tug`ma bo`lishi kerak.
Muhammad ham tug`ma iste'dod sohibi edi. U bu iste'dodni rivojlantirdi, o`ziga talabchan bo`ldi".
Erkin Vohidov,
O`zbekiston qahramoni.
O`zbekiston xalq yozuvchisi.
" U rostgo`y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she'riyati butun ma'naviyatga to`la. U Vatan haqida kuylaydimi, muhabbat haqida qo`shiq to`qiydimi, yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi, hamisha xayotga, haqiqatga hamnafaslik tuyg`usi sezilib turardi. Uning she'rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og`zaki ijodiga qamohangdir".
Sobir Mirvaliev,
Filologiya fanlari doktori
Professor
O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning asosiy sanalari
1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keldi.
1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kirdi.
Talabalik yillarida uning dastlabki she'rlari "Yoshlik" jurnalida, "O`zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida bosildi.
Ilk to`plami "Tanish teraklar" 1985 yilda nashr etildi. "Bulbulga gapim bor" (1987), "Iltijo" (1988), "Uyqudagi qiz", "Xalima enam allalari" (1987), "Ishq kemasi", " Ko`nglimda bir yor" (1990), "Bevafo ko`p ekan" (1997), "Erka kiyik" (1992), "Yolg`onchi yor", "Osmonimga olib ketaman" (1994), "Saylanma" ("2001, 2002, 2003, 2004) kabi asarlari nashr qilingan.
1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar "Toshkent oqshomi" gazetasida ishlagan.
1986-1992 yillar G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, 1992-1995 yillar "O`zbekiston ovozi" gazetasida ishlagan.
1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan.
1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan.
1997 yildan to vafoti (2001yil 30 iyul)gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.

Yüklə 25,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin