Zamonaviy texnologiya tayyorlash: “BETOMAX BETON ” mahsulotlarining barchasi zamonaviy uzluksiz texnologiya bo‘yicha ishlab chiqarilib, buyumlar yuzasining yuqori sifatini ta’minlaydi va energiya xarajatlarini 3-4 barobar kamaytiradi. Tsexlarimiz ispan va Italiya ishlab chiqaruvchi innovatsion uskunalar bilan jihozlangan, zavodning ishlab chiqarish quvvatlari ham fuqarolik va sanoat qurilishi uchun yil davomida barcha temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.
Sertifikatlash Rasmiylashtirilgan mahsulot: Biz faqat barcha davlat standartlariga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni taqdim etamiz. O‘zbekistonda birinchidan, uzluksiz texnologiya asosida dastlabki izchil ko‘p bosqichli plitalar ishlab chiqarishni joriy etdilar. 2018 yil mart oyida esa zavodimizda butun MDHda o‘xshash bo‘lmagan ko‘p o‘lchamli plitalarning noyob turi sertifikatlandi.
Etkazib berish mahsulotlar: O‘zimizning avtopark hisobidan xomashyo, yig‘ma buyumlar va tovar betonini mijozlarimizga uzluksiz etkazib beramiz. Shuningdek, mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob’ektga yuklatishni taqdim etamiz. Buning uchun korxonada yuk avtomashinalari va barcha zarur maxsus texnikalar mavjud bo‘lib, ular inert materiallari, yig‘ma temir-beton va qolgan mahsulotlarni tashish xavfsizligini kafolatlaydi.
Oraliq plitalar UTR 46.1-95 loyihasining 11-nashri va 12, 13, 14, 15-nashrlari hamda ShIFR 4281 va ShIFR 4511 bo‘yicha tayyorlanadi, ularni “O‘zog‘irsanoatloyiha” instituti O’zDST 2805:2013 bo‘yicha ishlab chiqqan. Palubasiz yopishni yuk ko‘taradigan devorlari g‘ishtdan qilingan, shuningdek, sinchli turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarida qo‘llash mumkin. Plitalar og‘ir betonning siqilgandagi mustahkamlik darajasining V30, V40 sinflari bo‘yicha tayyorlanadi. Uzunligi 1,8 dan 14,38 metrgacha va eni 1m va 1,2m, balandligi 22sm, 30sm va 40sm bo‘lgan oraliq plitalari turar joy, jamoat va sanoat binolarini qurishda hamda ta’mirlashda ishlatiladi. Oraliq plitalarining bajaradigan asosiy vazifasi — inshootning yuk ko‘taradigan konstruksiyasini shakllantirish bo‘lib, shuningdek, ular binoning shovqindan saqlanishiga erishish borasida ham ma’lum darajada o‘rin tutadi. 2. Ikkinishabli stropil balkalar Oldindan armatura bilan kuchaytirilgan balkalar bir qavatlik isitiladigan va isitilmaydigan, tomi nishabli yopilgan binolarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Osma ko‘taradigan-transport uskunaga ega balkalarning oralig‘i 6 metrni, osma transporti yo‘g‘iniki 6 va 12 metrni tashkil qiladi. Uzunligi 12 va 18 m bo‘lgan temir-beton to‘siq balkalari GOST 20372-90 bo‘yicha tayyorlanadi. Pastki qatorlarning kuchaytiruvchi armaturalari sterjenlik loyihasining A-IV: A-V va A-lllv sinflari; 15mm (diametr) K7 kanati; sinchlar va armaturaning ba’zi sterjenlari A-l; A-lll; sinflari bo‘yicha, Vr-1 simi bilan tayyorlangan. “Betomax Beton”zavodida ishlab chiqarish A-lllv (A-400) metallidan GOST 5781-82** bo‘yicha o‘zlashtirilgan. Balkalar og‘ir beton mustahkamligining V30; V40 sinflari bo‘yicha loyihalashtirilgan. 3. Yassi tom uchun stropil balkalar Oldindan armatura bilan kuchaytirilgan balkalar bir qavatli, isitiladigan hamda isitilmaydigan, tomi yassi yoki nishabli yopilgan binolarda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Osma ko‘tarma-transport uskunalari bor bo‘lgan balkalarning oralig‘i 6 metrni, osma transportsiz 6 va 12metrni tashkil qiladi. Uzunligi 9 va 12 metr bo‘lgan yassi temir-beton balkalar GOST 20372-90 bo‘yicha ishlab chiqariladi. Pastki qatorlardagi kuchaytiruvchi armatura A-IIIv sterjen sinfi loyihasi bo‘yicha qabul qilingan; sinchlar va alohida sterjenlar esa armaturaning A-I sinfi bo‘yicha; A-III; simi esa Vr-1 bo‘yicha. 4. Qovurg‘asimon plitalar Qovurg‘asimon temir-beton yopuvchi plitalarning o‘lchamlari 3x6m, 1,5×6 metrni tashkil qiladi. Ular bir qavatli binolarning tomini yopish uchun mo‘ljallangan: isitiladigan va isitilmaydigan;– gazlilik muhiti yengil- va o‘rtacha ta’sir qilish sharoitlaridagi tajovuzsiz muhitda; – deflektorlar, zontlar, tom ventilyatorlari, yorug‘aeratsionlar va zenitli fonarlar bilan; – oson tushirib yuboruvchi tomlarda; – haroratning doimiy ta’siri + 50° Sdan oshmagan sharoitda; – odatdagi sharoitlarda va seysmiklik darajasi 7,8 va 9 ball bo‘lgan xududlarda; – qishdagi tashqi havo harorati – 40° Sdan past bo‘lmagan xududlarda; – yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnagacha bo‘lgan ko‘prik kranlari, yuk ko‘tarish quvvati 5 tonnagacha bo‘lgan osma kranlar bilan hamda ularning yordamisiz; 5. Kolonna(ustun)lar Kolonnalar shamol esishining tezligi va yog‘adigan qorning og‘irligi bo‘yicha I-IV geografik xududlarda quriladigan binolarda; gazsimon muhitning ta’sir ko‘rsatish darajasi tajovuzsiz, yengil- va o‘rtacha tajovuzkor bo‘lgan; GOST 25628-90 bo‘yicha yuk ko‘tarish og‘irligi 5 tonnagacha bo‘lgan osma kranlarda yoki ularning yordamisiz, hisoblangan seysmiklik darajasi 8 ball bo‘lgan sharoitlardagi qurilishlarga mo‘ljallangan; kolonnalarning olovga chidamlilik chegarasi 2,5 soatga teng. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kolonnalar yonmaydigan konstruksiyalar guruhiga kiradi. 6. “Toshkent” tizimidagi kolonnalar Kolonnalar yopish oralig‘iga tushadigan yuk og‘irligi 1250 ,1600 Kgs/m²ga teng bo‘lgan balandligi 6 qavatli jamoat hamda ishlab chiqarish binolariga, gazlilik muhiti tajovuzsiz, yengil- va o‘rtacha tajovuzkor bo‘lgan sharoitlardagi seysmiklik darajasi 7,8,9 ballni tashkil qiladigan qurilishlar uchun ishlab chiqilgan, IIS-04-2 loyihasining 9.10.11.-nashrlari bo‘yicha tayyorlanadi. 10-nashr. Kolonnalar jamoat va ishlab chiqarish binolarining balandligi 6 qavatgacha bo‘lgan, yopish oralig‘iga tushadigan yuk 1250 va 1600 Kgs/m²ni tashkil qilganda, seysmiklik darajasi 9 ball bo‘lgan xududlardagi qurilishlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qavatlarining balandligi 4,2 va 4.8 m bo‘lgan yerto‘lasiz va cherdaksiz binolar uchun tayyorlanadi. 11-nashr. Kolonnalar har bir qavatining balandligi 3,3; 3,6; 4,8m, birinchi qavatining balandligi muqobil ravishda 4,2; 4.8; 6,0 m bo‘lgan binolarga, har bir qavatining balandligi 6.0 m bo‘lgan 2 qavatlik binolarga hamda qavatining balandligi 4,5 va 7,5m bo‘lgan katta zal xonalarga mo‘ljallangan. 7.Faxverkli kolonnalar Kolonnalar shamolning esish tezligi tajovuzsiz, gazli muhiti yengil- va o‘rtacha tajovuzkor bo‘lgan ll – IV geografik xududlarda bunyod etiladigan binolarda qo‘llashga mo‘ljallangan. Kolonnalar seysmiklik darajasi 9 ballgacha bo‘lgan xududlarda, mustahkam fermalarda hamda temir-beton balkalarning oralig‘i 12 m bo‘lganda, seysmik darajasi 8 ballgacha bo‘lganda, temir-beton stropil konstruksiyalarning oralig‘i 18 va 24 m bo‘lganda ishlatiladi. Yon tomon(torets) faxverk kolonnalari chetdagi va o‘rta qatordagi kolonnalarining oralig‘i 6 va 12 m bo‘lgan binolar uchun, prodol faxverk – chet qator kolonnalarining oralig‘i 12 m, ishlab chiqarish binolardagi kolonnalarning balandligi 3 metrdan 14,4 metrgacha bo‘lgan binolarga mo‘ljallab ishlab chiqilgan. Kolonnalar 1.427.1-3 tizimining 1/87-nashri bo‘yicha yaratilgan. Olovga chidamliligining chegarasi 2,5 soatga ten. 8.Prodol rigellar Yig‘ma prodol rigellar seysmiklik darajasi 7;8;9 ball bo‘lgan xududlardagi ko‘pqavatli turar joy va sanoat binolari uchun mo‘ljallangan. Temir-beton rigellar IIS 20 (Moldaviya) tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan. 9.IIS-04-3 tizimi bo‘yicha temir-beton rigellar Rigellar ko‘pqavatli sanoat va jamoat binolarining balandligi 6 qavatgacha hamda ko‘ptuynukli oraliq plitalarning balandligi 220 mm va 300 mm bo‘lsa, shuningdek, qovurg‘asimon oraliq plitalarning balandligi 300 mm bo‘lganda ishlatishga mo‘ljallangan. Rigellar kolonnalarning oralig‘i 3,0: 6,0 m bo‘lganda, yopishdagi yuk og‘irligi 1250 va 1600 kgs/m² bo‘lganda, xududning seysmik darajasi 7; 8; 9 ball bo‘lganda qo‘llanadi. 10.Zina marshlari Temir-beton zinalar ko‘pqavatli jamoat, turar joy hamda ishlab chiqarish binolarining, har bir qavatining balandligi 3,3 m. bo‘lgan taqdirda, mahsulotlar tayyorlash uchun beton markasi m400 bo‘lishi kerakligi qabul qilingan.