Qurilish fakulteti



Yüklə 0,65 Mb.
tarix24.11.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#134051
Qurilish mexanikasi


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“QURILISH FAKULTETI”
S2-20 guruhi talabasi
Musayev AxmadjonNING
“Qurilsih mexanikasi” fanidan
tayyorlagan slaydi
Muammo:
Oldingi ma’ruzalarda statik noaniq sistemalarni hisoblashning kuch usuli bilan tanishdik. Bu ma’ruzadan boshlab statik noaniq sistemalarni hisoblashning yana bir akademik usuli bilan tanishamiz.
Ko’chish usuli qanday usul va uni statik noaniq ramalarda qanday tadbiq qilinadi?
Tayanch so’z va iboralar:
CHiziqli ko’chish, burchakli ko’chishlar, bikr tugun, erkinmas ramalar, erkin ramalar, noma’lumlar, bikr bog’lanish, chiziqli bog’lanish, reaktiv moment, reaktiv kuch
Statik noaniq ramalarni ko’chishlar usuli bilan hisoblash
Reja:
1. Ko’chishlar usulining mohiyati va noma’lumlari.
Sistemaning kinematik noaniqlik darajasi.
2. Ko’chish usulining asosiy sistemasi.
3. Ko’chish usulining kanonik tenglamalari
1. Ko’chishlar usulining mohiyati va noma’lumlari. Sistemaning kinematik noaniqlik darajasi.
Statik aniqmas sistemalarni kuchlar usuli bilan hisoblashda ularning ortiqcha bog’lanishlari soni zo’riqish kuchlari (moment, bo’ylama va ko’ndalang kuchlar) noma’lum deb qabul qilingan edi. Bu zo’riqish miqdorlari
Masalan, 6.1–rasmda tasvirlangan rama tashqi kuchlar ta’sirida deformatsiyalanib, uning tugunlari burchakli va chiziqli ko’chadi (6.1 – rasm).

6.1-rasm

Umumiy noma’lumlar soni n ramaning kinematik aniqmaslik darajasi deyiladi.
Ramalar ikki guruhga bo’linadi
1.Erkinmas ramalar. Bunday ramalar tugunlarining chiziqli
ko’chishi nolga teng bo’ladi (nδ=0). Erkinmas ramalarning
kinematik aniqmaslik darajasi ular tugunlarining
burchakli ko’chishlar soniga teng bo’ladi. (6.2 – rasm)
6.2 – rasm
2. Erkin ramalar. Bu guruhga tugunlari burchakli va chiziqli
ko’chishlarga ega bo’lgan ramalar kiradi (6.3 – rasm).
δ1=δ2=δ3; nφ=3; nδ=1 kinematik aniqmaslik darajasi n=3+1=4 bo’ladi:
6.3 – rasm
2. Ko’chish usulining asosiy sistemasi.
6.4 – rasm
3. Ko’chish usulining kanonik tenglamalari.
Tashqi kuchlar ta’sirida bo’lgan rama tugunlarining chiziqli va burchakli ko’chishlarini aniqlash uchun kanonik tenglamalar sistemasini tuzish printsipi berilgan rama bilan asosiy sistemalar o’rtasidagi farqlarni yo’qotishga asoslangan.
Asosiy sistema tugunlariga kiritilgan har bir qo’shimcha bog’lanishda hosil bo’lgan reaktsiyalarning yig’indisi Ri nolga teng bo’lishi kerak, chunki berilgan rama tugunlarida bu bog’lanishlar yo’q, ya’ni
 
R1=0; R2=0; ..... Rn=0 (6.2)
 
Bu shartni qanoatlantiruvchi tenglamalar ko’chishlar usulining kanonik tenglamalar sistemasi deyiladi.
 
Mustaqil ishlash va nazorat savollari:
  • Statik noaniq ramalarni hisoblashda ko’chish usuli deb nomlanishiga sabab nima?
  • Ko’chish usulining noma’lumlari bir-biridan qanday farq qiladi?
  • Ko’chish usulining asosiy sistemasi necha hil bo’ladi?
  • Asosiy sistema qanday shartlarga javob berishi kerak?
  • Ko’chish usulining kanonik tenglamalari qanday ma’noni bildiradi?
  • Ko’chish usulining noma’lumlari bir-biridan qanday farq qiladi?
  • Ko’chish usulining asosiy sistemasi necha hil bo’ladi?
  • Bikr va chiziqli bog’lanishlarda qanday zo’riqishlar hosil bo’ladi?
  • Asosiy sistema qanday shartlarga javob berishi kerak?
  • Ko’chish usulining kanonik tenglamalari noma’lumlarining koeffitsientlari va ozod hadlari qanday tekshiriladi?



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin