R e j a Falsafada ong va ijod muammosi


reja. Kompyuter va bilish



Yüklə 45,66 Kb.
səhifə3/6
tarix02.12.2023
ölçüsü45,66 Kb.
#137361
1   2   3   4   5   6
reja. Kompyuter va bilish

Kompyuter texnologiyasini taraqqiy etishi bilan kompyuterlarda bilimni ifodalash muammosi kelib chiqdi.
Sun’iy aql mutaxassisliklari inson bilimi bilan kompyuter ishlab chiqqan ma’lumotni tabiatan bir xil narsa deb talqin qila boshladilar. Hozirgi zamon ingliz faylasufi B.Blumfild kinoya bilan qo‘yidagilarni yozadi: “Tahlil qilish va baholash tizimlari texnikasi shunday ajoyib taraqqiy etdiki, “Bilim” tushunchasini sun’iy aql mutaxassislari kashf qilmagan bo‘lsa ham, har holda ular shu narsani tushunish sohasida monopoliyaga egadirlar u haqda qanday fikrlash, mulohaza yoritish faqat ularga ma’lum. Qisqasi, shu narsa ayonki, agarda siz bilish xususida biror narsani aniqlamoqchi bo‘lsangiz, unda “sun’iy aql”a mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak”.
Bilish falsafa nazarida ko‘p bosqichli, ko‘p tomonlama ijtimoiy – tarixiy hodisa bo‘lib, u shuuriy, noshuuriy, g‘ayrishuuriy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, ijtimoiy taraqqiyot davomida uni shakllari, unsurlari va vositalari murakkablashadi. Falsafa bilishni mohiyatini, umumiy qonuniyatlarini, insonni borliqqa bo‘lgan munosabati doirasida bilishni tutgan o‘rnini, inson hayoti va faoliyati tizimida egallashgan mavqyeini o‘rganadi.
Ayni paytda maxsus fanlar ham bilish jarayonini turli xislatlarini, semiotik, psixologik, evrestik tomonlarini tadqiqot qiladilar.
Faylasuflar va sun’xiy aql bo‘yicha mutaxassislarni kiziqtiradigan muammo-kompyuterdagi ma’lumot bilimi yoki bilim emasmi degan savoldir.
Amerikalik olim A.Nyuellni fikricha kompyuterdagi ma’lumotlar tizimini bilish, kompyuterni o‘zi esa bilim sohibi, bilish subyekti desa bo‘ladi.
Rossiyalik olim G.S.Pospelovni nuqtai nazarida EHM kompyuter bilim egasi, balki insonni bilish faoliyatida vositachi predmet uynaydi. “EHM-deb yozadi G.S.Pospelov kishilarni shuuriy faoliyati uchun uskuna xizmatini bajaradi”, “sun’iy aql” deb atalgan ilmiy yo‘nalish esa bu uskunaga yangi sifat bag‘ishlaydi, samarali istiqbol ochib beradi”1.
Faylasuflar P.V.Alekseyev va A.V.Paninni baholashlaricha kompyuter tizimi bilishda murakkab texnik uskuna rolini uynab inson to‘plagan bilimni obyektivlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, insonlarni ijtimoiy tarixiy tajribasini, nazariy va amaliy faoliyatiga doir tasavvurlarni ma’lumot shaklida o‘zida mujassamlashtiradi. Ayrim tadqiqotlarni fikriga qraganda ma’lumotlar kompyuterda dastur asosida qayta ishlanganda kompyuterli modellashtirish jarayonini keltirib chiqaradi, kompyuterli modellashtirish orqali esa ma’lumotlar bilimlar majmuasiga aylanadi.
MA’LUMOTLAR-MA’LUMOTLARNI QAYTA - KOMPYUTERDAGI BILIMLAR ISHLASH, UMUMLASHTIRISH MAJMUASI
Aslida kompyuterga tashqaridan kiritilgan ma’lumot bilimga aylanadimi yoki yo‘qmi? A.Nyuellni fikricha falsafa aql tabiati bilish mohiyati,bilishni naqadar ishonchli, to‘g‘ri ekanligi, bilishni obyektga haqiqat nuqtai nazarda munosabati masalalari bilan qiziqib kelgan. Sun’iy aql mutaxassislari kompyuterdagi ma’lumotlar tizimi xatoga)ga bo‘lishni tan olsalar ham , lekin bari, bir bu tizimni bilish tizimi deb belgilaydilar. Sun’iy aql yo‘nalishi kompyuter ishonchli tizimlar bilan ishlaydi. Mutloq to‘g‘ri, ishonchli haqiqat muammosiga befarq qaraydi.

FALSAFADA


(A) (B)
Bilish subyekti – bilish shakllari, usullari va vositalari
(V) (G)
Tafakkur jarayoni – bilish (tushuncha) - obyekt
A – B – V – G
Kompyuter BGa ta’luqli, insonni bilish qobiliyatini kuchaytiradigan vosita.




  1. Yüklə 45,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin