Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə71/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

IV. Ilovalar







I. O‘QUV FANINING DOLZARBLIGI VA OLIY KASBIY
TA’LIMDAGI O‘RNI
Ushbu fan iqtisodiyotning tarmoqlarida buxgalteriya hisobining o‘rni va ahamiyati, buxgalteriya hisobi usullari va tamoyillari, buxgalteriya hisobining schyotlar tizimi, hujjatlashtirish va inventarizatsiya,
buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari, pul mablag‘lari hisobi,
mehnat va ish haqini hisobga olish, tovar-moddiy zahiralar hisobi,
investitsiyalar hisobi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi,
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi
hisobi, byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot
va uning sotilishini hisobga olish, xususiy kapital hisobi, moliyaviy
natijalar hisobi, hisobotlarni tuzish va taqdim etish, qurilish tashkilotlarida, qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi, uning
me’yoriy tartibga solinishi hamda hozirgi kunda buxgalteriya hisobining
rivojlanish tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar natijalari va ustuvor vazifalari masalalarini
qamrab oladi.
Talabalarning ushbu fanni chuqur o‘rganishi buxgalteriya hisobi nazariyasi, moliyaviy hisob va hisobot, boshqaruv hisobi hamda boshqa tarmoqlar va sohalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritishda xizmat qiladi.
Ushbu “Buxgalteriya hisobi” fani “Buxgalteriya hisobi va audit”
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi tarkibida modulli tizimi asosida
buxgalteriya hisobi nazariyasi, moliyaviy hisob va hisobot, boshqaruv hisobi hamda boshqa tarmoqlar va sohalarda buxgalteriya hisobi kompleks ravishda o‘rganilishini nazarda tutadi.
II. O‘QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI
“Buxgalteriya hisobi” fanining asosiy maqsadi talabalarda buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo‘yicha yo‘nalishiga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi mablag‘lar, ularning tashkil topish manbalarining
harakatini to‘g‘ri aks ettirish, hisobotlarni tuzish, moliyaviy hisobot
ma’lumotlarining shaffofligini ta’minlash, boshqa sub’ektlar bilan
hisoblashishlarni to‘g‘ri tashkil qilishni qonunlar, qarorlar va boshqa
me’yoriy hujjatlar asosida o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi. Talaba:
- buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari;
- xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelib chiqish manbalari harakati;
- pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari;
- mehnat va ish haqini hisobga olish;
- tovar-moddiy zahiralar harakatini hisobga olish haqida tasavvurga

ega bo‘lishi;


- investitsiyalar hisobi;
- asosiy vositalar hisobi;
- nomoddiy aktivlar hisobi;
- tovar-moddiy zahiralar hisobi;
- mehnatga haq to‘lash hisobi;
- boshqaruv hisobini tashkil etish;
- mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi hisobi;
- byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish;
- xususiy kapital hisobi;
- moliyaviy natijalar hisobi;
- xalqaro moliyaviy hisobot standartlari mazmuni;
- hisobotlarni tuzish va taqdim etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
kerak.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin