Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


-mavzu. Buxgalter kasbiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə104/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



9-mavzu. Buxgalter kasbiga qo’yiladigan talablar


Buxgalter kasbining mohiyati. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha jamoat tashkilotlari, ularning roli va ahamiyati. Buxgalterlarni milliy sertifikatlash tizimi. Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash tizimi. Ixtisosga qiziqishni shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. Mazkur ixtisos bo’yicha o’qitiladigan fanlar tizimi.


3. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.




4. Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Fan bo‘yicha II- semestrda kurs ishi o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan.




5. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni
“Buxgalteriya hisobi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
“Buxgalteriya hisobi” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib, konspektlar, referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar. Mustaqil ta’lim natijalari baholash tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin