Raqamli mobil aloqa


-rasm. Keng polosali va mobil aloqa tizimlari evolyutsiyasi.  WiMAX tizimi va “raqamli tengsizlik”



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   289
Raqamli mobil aloqa

32.1-rasm.
Keng polosali va mobil aloqa tizimlari evolyutsiyasi.
 WiMAX tizimi va “raqamli tengsizlik” 
(
ingl. Digital Gap
) muammosi
Axborotlarga ega bo‘lishlik jamiyatning kengroq iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishiga imkon yaratishi hech kimga sir emas. 1984- 
yildan boshlab dunyo hamjamiyati rivojlanayotgan mamlakatlarda 
telekommunikatsiyalar infratuzilmasi qoloqligi ularning iqtisodiy 
o‘sishi uchun to‘siq bo‘layotganligini ta’kidlay boshladi. 1996-yilda 
HTI BMT boshchiligida rivojlanayotgan davlatlarda axborot va 
kommunikatsion texnologiyalar (AKT)ning asosiy xizmatlariga 
umumiy ulanishni taqdim etishga va “axborot kambag‘alligi” 
ta’sirini qisqartirishga yo‘naltirilgan “Aloqaga huquq” (
ingl. “The 
Right to Communicate“
) deb nomlangan loyihani olg‘a surdi. 
Ushbu maqsad hozirgi kunda axborot hamjamiyati masalalari 
bo‘yicha Butundunyo Sammiti – WSIS (
ingl-n World Summit 


461
on the Information)
2003-yilning dekabrida Jeneva shahrida 
o‘tkazilgan WSIS ning birinchi Sammitida “Raqamli tengsizlik” 
deb axborot va kommunikatsion texnologiyalarga tengsiz ulanish 
imkoniyatlari nazarda tutildi. AKT ga tengsiz ulanish deganda, 
birinchi navbatda davlatlar orasidagi farq (xalqaro raqamli 
tengsizlik), masalan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar 
yoki hududlar orasidagi farq tushuniladi. Shuningdek tengsiz 
ulanish davlatlar miqyosidagi (milliy raqamli tengsizlik) jarayon 
sifatida ham aniqlanadi. Bunda qishloq va shahar orasidagi, 
oliy ma’lumotli hamda kam ma’lumotlilar orasidagi, aholining 
kambag‘al va boy qatlamlari orasidagi farq tushuniladi [40]. 
Provayderlar va Internetdan foydalanuvchilar soni yoki turg‘un 
va mobil telefonlar soni kabi oldindan aniqlangan mezonlar 
asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, shuningdek, rivojlangan 
va rivojlanayotgan davlatlarda so‘nggi yillarda bo‘layotgan 
o‘zgarishlarning tahlili asosida bu masalaning hozirgi ahvoliga 
turlicha baholar berildi. 
Bir tarafdan, ham davlatlararo, ham davlatlar miqyosidagi 
“Raqamli tengsizlik” o‘sib bormoqda, degan fikrlar bo‘lsa, boshqa 
tarafdan, aksincha boy va kambag‘al davlatlar orasida “Raqamli 
tengsizlik” qisqarmoqda, degan fikrlar bo‘ldi. Turli xalqaro 
tashkilotlar (HTI yoki Jahon banki guruhi) e’lon qilgan rasmiy 
hisob-kitoblarga murojaat qilinsa ma’lum bo‘ladiki, rivojlangan 
va rivojlanayotgan davlatlar orasida AKT ga ulanishdagi tengsizlik 
mavjud va hali ham jiddiy muammo bo‘lib turibdi. 
O‘zicha asosli bo‘lgan bunday qarama-qarshi fikrlarning 
mavjudligiga qaramasdan, ulanish imkoni borligi va uning sifati, 
ya’ni aloqa infratuzilmasining yaratilishi har xil davlatlarda 
AKT ni tezkor va ishonchli rivojlanishiga asosiy omillar deb 
hisoblanadi. 2005-yilda HTI “Raqamli tengsizlik”ni qisqartirish 
uchun hamkorlikni rivojlantirish maqsadida WSIS doirasida global 
darajada ko‘plab tashkilotlar tomonidan birgalikda o‘tkaziladigan 
“Olamni ulaylik” (
ingl. Connect the World
) deb nomlangan 
tashabbusni boshladi. 


462
WiMAX tizimining bosh xarakteristikalari orasida javob 
kechikishining kam vaqti, yuqori axborot xavfsizligi, yuqori aloqa 
sifati – QoS va radiochastota spektri uyg‘unlashtirilgan holda 
“global rouming” imkoniyatlari ta’kidlanadi. WiMAX forumining 
“rouming” bo‘yicha ishchi guruhi ham WiMAX tarmoqlari 
orasida, ham IMT-2000 standartlariga asoslangan boshqa 
tarmoqlar orasida “rouming” tashkil etishni spetsifikatsiyalarini 
va biznes-modelini e’lon qilmoqchi. Shuningdek, WiMAX forumi 
simli va simsiz interfeyslar bazasida operatorlarga bir turkum va 
sifat darajasida xizmatlar taklif etishga imkon beradigan WiMAX 
tarmoqlari bilan mavjud ma’lumot uzatish tarmoqlari va IMS 
ning yangi arxitekturasini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashida 
o‘zining faol vazifasini bajarmoqda. 
Keyinchalik esa, mobil va keng polosali simsiz aloqa 
tizimlarining konvergensiya an’anasi davom etaversa, global 
miqyosda umumqamrov aloqani ta’minlashga qodir yangi, 
chinakamiga universal standart paydo bo‘lsa ajab emas. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin