7
ketishi ko‘chma aloqaga ajratilgan chastota resursini nihoyasiga
yetkazdi. Natijada loyihachilarni yuqori darajada o‘tkazish im-
koniyatlariga ega bo‘lgan tizimlarni yaratishga va ajratilgan chas-
tota spektrini effektiv foydalanishga doir chuqur tadqiqot ishla-
rini olib borishga undadi. Bu jihatdan
prinsipial yangi tuzilish
strukturaga va aloqani uyushtirishga ega bo‘lgan, ya’ni ko‘plab
baza stansiyalari
(BTS)
umumiy yagona tarmoqqa birlashgan
ko‘chma sotali aloqa tizimi
(KSAT)
hammadan ko‘ra ko‘proq
perspektivli deb hisoblangandi. Harakatlanib ko‘chish protsessi-
da abonent stansiya bir BTS dan boshqasiga “estafetalanib uza-
tib beriladi”, ularning buyruq signali
boshqarishida avtomatik
ravishda kerakli chastotali kanalga ulanadi, natijada aloqaning
uzluksizligi ta’minlanadi. KSATda ajratilgan chastotali kanallar
ko‘p martalab bir-biridan himoya masofada joylashtirilgan so-
talarning abonentlari tamonidan takroriy foydalaniladi.
Bunday
tuzilish negizida chastotali aktiv kanallar soni oshadi, natijada
yuqori o‘tkazish imkoniyatini va chastota spektrini samaraliroq
ishlatilishi ta’minlaniladi
(Cellular Radio Systems).
Radioaloqa umumiy aloqa tizimida yetakchi o‘rinlarni egal-
laydi. Ayniqsa harakatdagi obyektlarda radioaloqaning o‘rni fav-
qulodda yuqori. Ular to‘rt yilda Yer kurrasining aholi zich ya-
shaydigan hududlarida harakatdagi radioaloqa radiostansiyalari
soni taxminan ikki barobariga ortib bormoqda. Tabiiyki,
turli
vazifalarni bajaradigan radiostansiyalarning “efirda” nurlatishi
doimo ko‘paymoqda. Bundan tashqari, energetika tizimlari va
turli xil elektrotexnik va boshqa qurilmalarning rivojlanib borishi
radioxalaqit manbalarining oshib borishiga olib kelmoqda.
Bunday sharoitlarda elektromagnit
resurslardan samarali foy-
dalanish radioaloqaning kelajakda rivojlanishini belgilaydigan
bosh masala hisoblanadi.
Radio bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mita
(RXKQ)
tavsi-
yasiga muvofiq elektromagnit tebranishlarning keng spektridan
(10
–3
– 10
24
Gs)
dan 3 dan
3
.
10
12
Gs
gacha radiochastotalar
ajratilib, ular 12 ta diapazonga bo‘lingan.