338
day shifrlash qo‘llanmasa, u holda muqobil choralar sifatida ochiq
xabarlarni uzatish jarayoni boshlanishidan oldin
umumiy kalitlar
ishlatilishi tavsiya etiladi.
23.3. Majburiy “xendover”
Bu hujum aktiv xarakterga ega va sezilarli oqibatlarga olib ke-
lishi mumkin. Majburiy “xendover” hujumi ham aralashmagan
LTE
tarmoqlari ichida, ham boshqa 3GPP texnologiyalari bi-
lan aralashgan tarmoqlarda amalga oshirilishi mumkin. LTE tar-
mog‘i ichida bunday hujumni amalga oshirish uchun dastlabki
tayyorgarlik zarur, xususan, hujum qiluvchi
eNBning bir yoki bir
nechta tugunlarining ochilishi hisobiga RRC darajasidagi kalitlar-
ni bilishi kerak. U holda “ochilgan” eNB orqali “xendover” ja-
rayonini o‘tkazish va ma’lum bir abonentni yoki hatto abonent-
lar guruhini o‘ziga ulab, keyinchalik ularni aloqasini
uzish ham
mumkin. Aralash tarmoqlarda hujum qiluvchi yuqori darajada
himoyalangan tarmoqdan (LTE) pastroq darajada himoyalangan
tarmoq (masalan, GSM) tomoniga “xendover”ni
amalga oshiradi
va “kuchsiz” tarmoqning TSni “buzib” (“ochib”) AUga turli hu-
jumlar qilishi mumkin. Majburiy “xendover” tahdidlariga qarshi
turish uchun NAS darajasida
signalizatsiyani shifrlash, shuning-
dek umumiy kalitlardan foydalanish mumkin.
Shuningdek, keng miqyosda va ko‘p sonli uzatish xabarlarini
almashtirish bilan bog‘liq
tahdidlar mavjud, lekin bu yerda ular
haqida atroflicha to‘xtalmagan.
Dostları ilə paylaş: