Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   289
Raqamli mobil aloqa

SO‘ZBOSHI
O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlari 
davlatimizning barcha iqtisodiy sektorlarini barqaror ishlashi va 
rivojlanishi uchun xizmat qiladigan asosiy tizim hisoblanadi.
Davlatimiz hududida joylashgan telekommunikatsiya tarmoqlari 
umumiy foydalanish tarmog‘i, ajralgan holdagi tarmoq, texnologik 
tarmoqlar, maxsus aloqa tarmoqlari va boshqa elektromagnit tizim-
lari orqali ma’lumotlarni uzatuvchi tarmoqlardan iborat.
Funksional ishlash prinsiplari bo‘yicha O‘zbekiston telekom-
munikatsiya tarmoqlari transport tarmoqlari va ulanish tarmoq-
lariga bo‘linadi.
Hududiy bo‘linishga asosan O‘zbekiston telekommunikatsiya 
tarmoqlari xalqaro, shaharlararo, regional va mahalliy (shahar va 
qishloq) tarmoqlariga bo‘linadi.
Xalqaro aloqa tarmoqlari — boshqa davlatlar aloqa tarmoqlari 
bilan texnologik jihatdan ulangan (tutashgan) telekommunikatsi-
ya tarmoqlaridan tashkil topgan.
Shaharlararo (magistral) aloqa tarmoqlari – texnologik jihatdan 
ulangan (tutashgan) O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri, viloyat 
markazlari va markazlarni bir-biri bilan ulovchi telekommunikat-
siya tarmoqlaridan tashkil topgan.
Regional aloqa tarmoqlari — texnologik jihatdan ulangan (tu-
tashgan) bir viloyat hududi miqyosida tuzilgan telekommunikatsi-
ya tarmoqlaridan tashkil topgan. 
Mahalliy aloqa tarmoqlari – texnologik jihatdan ulangan (tu-
tashgan) administrativ yoki boshqa prinsip bo‘yicha tarkib topgan 
hududda, regional aloqa tarmoqlaridan boshqa telekommunikat-
siya tarmoqlaridan tashkil topgan.
Shaharlararo, regional va mahalliy aloqa tarmoqlari O‘zbekis-
tonning asosiy raqamli transport aloqa tarmog‘i hisoblanadi. 
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘iga quyidagi telekommu-
nikatsiya tizimlari kiradi: telefon, faksimil aloqalari, ma’lumot-
larni uzatish, televidenie dasturlarini tarqatish.


4
Aloqa, telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologi-
yalari, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlash-
tirish hamda boshqarish sohasidagi olimlarning (N. Viner, A. 
Lebedev, P. Ershev, O‘zbekiston Respublikasi FA akademiklari 
V. Qobulov, F. Abutaliyev, J. Abdullayev, M. Komilov, N.R. 
Yusupbekov, professorlar M. Ziyoxujayev, M. Aripov, M. Bega-
lov, X.Z. Egamberdiyev, A. Abduqodirov, A. Abdukayumov, S.F. 
Amirov va boshqalar) fan rivojiga qo‘shgan hissalari ulkandir.
Ushbu darslik kitobida mualliflar talabalarning zamonaviy 
raqam 
li mobil aloqa vositalari bo‘yicha to‘liq va mukammal 
nazariy bilim olishlari uchun boshqa chet el davlatlarida chop 
etilgan darsliklardan, Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi tavsi-
yalaridan, jurnallarda chop etilgan zamonaviy maqolalardan foy-
dalandilar.
Darslik birinchi marta davlat tilida nashr etishga tayyorlandi. 
Shuning uchun ayrim kamchilik va xatolardan xoli emas. Mu-
alliflar, ushbu darslik bo‘yicha taqrizchilarning va barcha o‘quv-
chilarning bergan ko‘rsatmalari va maslahatlari uchun ularga 
oldindan minnatdorchilik bildirgan holda, keyingi nashrda bu 
kamchiliklar bartaraf etiladi, degan umiddalar.


5
KIRISH
Raqamli mobil aloqa vositalari zamonaviy telekommunikat-
siya tizimlari tarkibiga kiruvchi, har qanday masofaga, berilgan 
sifat parametrlari bilan, turli xabarlarni uzatish va qabul qi-
lishni ta’minlovchi murakkab texnik vositalarning majmuasi-
dan iborat.
Radioaloqa – bu xabarni elektromagnit to‘lqinlar vositasi-
da simsiz uzatishdir. Radioning ixtirochisi A.S. Popov bo‘lib, u
birinchi marta 7 may 1895-yilda signalni radio orqali uzatishni 
amalga oshirdi. O‘tgan davr mobaynida radioaloqa sohasi jadal 
sur’atlar bilan rivojlandi va insoniyat taraqqiyotiga beqiyos il miy-
amaliy, texnika, mudofaa va gumanitar progressni olib kirdi. Ho-
zirgi davrda har kuni radio vositasida juda katta hajmli raqamli 
axborot manbalari, fototelegrammalar, bosma gazeta matnlari, 
yuz millionlab TLF suhbatlar uzatiladi. Bundan tashqari radio 
yordamida ovozli eshittirishlar va TV ko‘rsatuvlar uzatiladi. Yer-
ning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida nihoyat uzoq masofalar bilan
aloqa ta’minlanadi.
Radioaloqa va teleradioeshittirish aloqaning ajralgan soha-
si bo‘lib qolmay, balki yalpi telekommunikatsiya tarmog‘ining 
zarur va muhim qismidir. U o‘z ichiga shaharlar, qishloqlar, 
viloyatlararo, magistral radioaloqa liniyalari, kompyuterlar tar-
moqlarini, ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan tarmoqlarni
va h.k. olib, elektromagnitli uzatishning havo yo‘llari, kabellar, 
radioreley va kosmik aloqa liniyalaridan tashkil topgan. Masa-
lan, bu biror radio vositasida qabul qilinuvchi har xil turdagi 
axborotni simli aloqa kanallari orqali davom etuvchi manzilga 
uzatishni ham ta’minlaydi.
Shuningdek, radioaloqa katta hududda tarqoq aholi yashay-
digan hamda bosib o‘tishi qiyin bo‘lgan hududlar bilan ajralgan 
aholi yashaydigan joylarni o‘zaro bog‘lovchi asosiy vosita bo‘lib 
xizmat qiladi.


6
Mobil, ya’ni ko‘chma harakatlanuvchi obyektlar bilan aloqa 
qilishda radioaloqaning roli nihoyatda katta masalan: kemalar, 
samolyotlar, poyezdlar, avtomobillar, ekspeditsiyachilar, qutb 
stansiyalar va boshqalar bilan radioaloqaga bo‘lgan ehtiyoj yildan 
yilga tobora oshib bormoqda.
Dastlabki shaxsiy mobil aloqa tizimlarining biriga “Multi-
ton” deb nomlanuvchi shaxsiy chaqiriq tizimini kiritish mum-
kin. Bunday tizimda dispetcher xodimni shaxsiy (maxsus) qabul 
qilgich orqali chaqiradi. Xodim akustik chaqiriqni qabul qilgan-
dan so‘ng TF topadi va dispetcherga qo‘ng‘iroq qiladi. Buning 
keyingi takomillashgan xizmat darajasi tufayli xodim faqatgina 
chaqiriqni qabul qilishdan tashqari shaxsiy qabul qilgichining 
displeyida chaqirayotgan abonentning TLF raqamini ko‘radi, le-
kin u bilan faqat statsionar TLF bilan o‘zaro bog‘lanishi mum-
kin 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin