14
To‘rtinchi avlod tizimlarini avvalgi 3G tizimlaridan asosiy farqi
shundaki, bu texnologiyalar ma’lumotlarni to‘liq paketli uzatish
protokollariga asoslangan, 3G tizimlari esa o‘zida
ham nutq, ham
paket trafigini uzatish protokollarini birlashtirgan edi. HTI 4G
tizimlarini uzatuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi ma’lumot al-
mashish tezligini to‘liq harakat sharoitida 100Mbit/sek gacha,
cheklangan harakat sharoitida esa (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi
tarafidan) 1Gbit/sek gacha tezlikka erishish imkonini beradigan
simsiz aloqa texnologiyalari deb hisoblaydi. 4G tizimlarida ma’lu-
mot uzatish IPv6 (IP protokolining 6-versiyasi) protokoli asosida
amalga oshiriladi va bu tarmoqlarning o‘zaro ishlashini, ayniqsa,
agar ular turli texnologiyalarga mansub bo‘lganda,
sezilarli ravish-
da osonlashtiradi. Istiqbolda yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumot uza-
tish tezliklarini ta’minlash uchun 40 va 60GGs diapazonlardagi
yuqori chastotalardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Ammo yaqin
kelajakda 4G tarmoqlari ko‘proq 10GGs dan pastki diapazondan
foydalanadi.
4G uchun qabul qilish/uzatish jihozlari yaratuvchilari radio-
interfeys darajasida raqamli radioeshittirishda
sinalgan chas-
totalarni ortogonal ravishda ajratish yo‘li bilan multiplekslash
– OFDM texnologiyasini qo‘llashdi. Signallarni manipulyat-
siyalashning ushbu usuli ma’lumotlarni o‘zaro xalaqitlarsiz va
buzilishlarsiz ham chastota, ham vaqt
jihatdan sezilarli daraja-
da “siqish” imkoniyatini beradi. Bunda chastotalar ortogonal-
likka rioya qilingan holda bo‘lib chiqiladi: ya’ni har bir eltuv-
chi to‘lqinning amplituda maksimumi qo‘shni eltuvchilarning
amplituda noliga (yoki minimumiga) teng bo‘ladi. Bunda
ularning o‘zaro ta’siri (kanallararo interferensiya)
yuzaga kel-
maydi, shuningdek, chastota spektri nisbatan samarali ishla-
tiladi, chunki interferensiyaga qarshi himoya polosalari kerak
bo‘lmaydi. Signalni uzatish uchun aloqaning yuqori ishonchli-
ligini ta’minlovchi fazani surish modulyatsiyasi (PSK va uning
turli ko‘rinishlari) yoki kanalning o‘tkazish qobiliyatidan mak-
simal foydalanishga imkon beradigan va zamonaviyroq bo‘lgan
15
kvadratura-amplitudaviy modulyatsiya (QAM) qo‘llaniladi.
Aniq modulyatsiya turi talab qilinadigan
tezlik va qabul qilish
sharoitlariga bog‘liq ravishda tarmoq tomonidan dinamik hol-
da tanlanadi. Uzatishda signal ma’lum sonli parallel oqimlarga
bo‘linadi va qabul qilishda bu oqimlar teskari ravishda bitta
signalga yig‘iladi.
O‘ta yuqori chastotalarda ishonchli uzatish va qabul qilish
uchun 4G tarmoqlarida adaptiv antennalar tizimi (AAT) hamda
ko‘plab qabul qilish va uzatish (MIMO)
texnologiyasidan foyda-
lanish rejalashtirilgan. Garchi shahar sharoitida AAT tizimlariga
signalni to‘g‘ri yo‘nalishini aniqlashga signalning so‘nishi (signal
tarqalishida vujudga keladigan buzilishlar) xalaqit bersa-da, lekin
OFDMning so‘nishlarga va “ko‘pnurlilikka” nisbatan barqarorlik
xususiyati bu vaziyatdan qutqaradi. OFDM
texnologiyasi tayanch
stansiya (TS) va abonent uskunasi (AU) orasida to‘g‘ri ko‘rinish
bo‘lmagan sharoitlarda ham yaxshi ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: