28
tizimlarning boshqalardan ajralib turadigan xususiyatlaridan biri
bu xizmat ko‘rsatish zonasining ko‘lami mamlakat miqyosida
va o‘zaro xalqaro miqyosida bir-biri bilan ishlashini ta’minlash
hamda narxi past bo‘lishi, ekspluatatsiya qilish soddaligida-
dir. Eng avvalo peydjing tizimi London
gospitallarining birida
1956-yilda ishga tushirilgan. Birinchi keng tarmoqli SHRCHT
AQSH va Kanadada 60 yillarning boshlarida yaratilgan ko‘lami
katta bo‘lgan SHRCHT Yevropa mamlakatlari orasida Gollandi-
ya, Belgiya, Shveysariyada 1964–1965-yillarda ishga tushuril-
gan. SHRCHT 80 dan 1000 MHz gacha bo‘lgan radiochastotali
diapazonda ishlaydi.
SHRCHT larni sotali yoki boshqa ko‘chma aloqa tizimlari
bilan kombinatsiyalab ishlatish mumkin va ular bilan birgalikda
qo‘llash imkoni bor. Bunday tizimlarda foydalanuvchi kirish tele-
fon chaqiriqlari haqida xabardor qilinish va javobini qulay vaqtda
jo‘natish mumkin peydjer shaxs yonida olib yuradigan qabul qil-
gich o‘rnatilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda hamma joyda peydjing tizimlari o‘rnini sotali
aloqa tizimlari egallamoqda.
Professional mobil radioaloqa (PMR)
turi bugungi kun-
da tranking radioaloqa tizimlari sifatida ma’lum bo‘lib, HRT
tarkibida eng “keksa” hisoblanadi. Bu aloqa turi o‘tgan asrning
30-yillarida paydo bo‘lib, yetmish yildan ortiq vaqt davomida
insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Ma’lumki, PMR tizimlari-
ga jamiyat xavfsizligi xizmatlari va huquq-tartibotni muhofaza
qilish uchun turli vakolatli tarmoqlar (tez tibbiy yordam va
fav qulodda vaziyatlar bo‘yicha, munitsipial va transport xiz-
matlari, yirik industrial obyektlar va boshqalar) kiradi. Qabul
qi
lingan xalqaro klassifikatsiya bo‘yicha PMR tizimlarining
ikki sinfi, ya’ni professional mobil radioaloqa tizimlari – PMR
(ingl. Professional (Private) Mobile Radio)
va
umumiy foydala-
nish mobil radioaloqa tizimlari – PAMR
(ingl. Public Access
Mobile Radio)
mavjud. Birinchi sinfdagi tizimlar bir foydalanuv-
chi yoki foydalanuvchilar guruhi tasarrufida bo‘ladi, va umumiy
29
foydalanish tarmoqlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi le-
kin, korporativ xizmatlarni ko‘rsatmaydi. PMR tizimlarining
ikkinchi sinfi esa ko‘plab foydalanuvchilarga korporativ asos-
da UFTT (PSTN) tarmoqlariga chiqish imkoniyatini beradi va
operator tomonidan yaratiladi.
Tranking rejimida ishlaydigan PMR tizimlarning farqli o‘zi-
ga xos xususiyati – bu umumiy boshqarish shinasi yordamida
bir-birlari bilan bog‘langan bir nechta retranslyatorlardan iborat
saytning (retranslyatsiya punktining) mavjud chastota resursidan
umumiy foydalanish hisobiga radiochastotalarni samarali ishlatish
qobiliyatidir. Shuningdek, PMR tizimlarida radioefirni “yengil-
latishga” abonent radiostansiyasining
uzatkichi doimiy ravishda
emas, balki faqat maxsus tugma – tangenta
(ingl. Push To Talk
–
PTT)
bosilganida ishlashi xizmat qiladi.
PMR tizimlarining rivojlanishi aloqani sifati, tezkorligi
va konfidensialligini yaxshilashga hamda analog tizimlardan
raqamli tizimlarga o‘tkazishga yo‘naltirilgan. Raqamli PMR
tizimlarining paydo bo‘lishi bilan ilgari analog tizimlari-
da to‘la me’yorda erishib bo‘lmaydigan ko‘plab zamonaviy
xizmatlarni taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Mavjud
analog PMR tizimlari
(SmartTrunkII, LTR, Multi-Net, Ac-
cessnet, Smartnet, EDACS, MPT-1327)
tarmoqlarini qurish-
da yetarli darajada ixcham emas, ma’lumot uzatishda im-
koniyatlari cheklangan, bir-birlari bilan moslashmaydigan,
yuqori konfidensiallikni va sanksiyasiz ulanishdan ishonchli
himoyani ta’minlay olmaslik kabi kamchiliklarga ega. Bu
“nuqsonlar” esa ko‘p sonli bir-birlari
bilan moslashmay-
digan analog standartlarni almashtirish uchun yaratilgan
raqamli PMR standartlarida bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan.
Raqamli tranking tizimlarining ixcham arxitekturasi tufayli
axborotlarni yuqori himoyalash darajasini ta’minlovchi re-
gional va milliy ko‘lamlardagi tarmoqlarni yaratish va ularda
individual, guruhli va keng qamrovli chaqiruvlarni uzatish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
30
Hozirgi kunda eng rivoj topgan raqamli PMR tizimlari Yev-
ropada aloqa sohasida standartlar bo‘yicha ETSI instituti ishlab
chiqqan TETRA loyihasi hamda Amerikaning jamiyat xavfsizligi
tashkilotlari aloqa boshqaruvchilari assotsiatsiyasining ARSO-25
loyihasi hisoblanadi. Bundan tashqari,
raqamli PMR bozorida
“korxonaviy” standartlar statusini olgan EADS (Fransiya) firma-
sining TETRAPOL tizimi, Motorola (AQSH) firmasining iDEN
tizimi, Ericsson (Shvetsiya) firmasining EDACS tizimi va bosh-
qalar ishlatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: