2.1-rasm. Tizimli protokollarni multipleksirlash. ARSO-25 raqamli tranking aloqasi standarti “ochiq stan-
dart” statusiga ega bo‘lib, Shimoliy va Janubiy Amerika,
shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya davlatlarida
keng qo‘llaniladi. ARSO-25 loyihasiga bog‘liq tadqiqotlar va
standartlash ishlari 1992-yilda tugatilgan, lekin standartning
spetsifikatsiyalari bir necha marta qayta to‘ldirildi. ARSO-25
standarti analog va raqamli tarmoqlarni hamda tranking va kon-
vensional tarmoqlarning o‘zaro ishlash imkoniyatini ta’minlay-
di. Shuningdek, mavjud bo‘lgan analog tarmoqlaridan raqamli
31
tarmoqlarga ravon o‘tish maqsadida standart ikki bosqichda
amaliyotga tatbiq etilmoqda. Texnik nuqtayi nazardan ikkinchi
bosqichga o‘tish chastotalar to‘ri qadamini ikki marta kamay-
tirish (ya’ni 6,25kGs gacha) va spektral jihatdan samarador
bo‘lgan CQPSK modulyatsiya usulidan foydalanish kabi yangi-
liklar hisobiga bo‘lmoqda [8]. Shu bilan birga, kanallarni vaqt
bo‘yicha ajratish, ya’ni TDMA texnologiyasidan foydalanish
hisobiga APCO-25 tizimlarini TETRA standarti bilan birlash-
tirish masalasi ham ilgari surilmoqda.
2.2-rasm. Tizimli arxitektura. GSM sotali aloqa standartining yutuqlaridan ta’sirlanib, ETSI
instituti 1994-yilda TETRA
(ingl. Trans European Trunked Ra- dio ) “Raqamli tranking aloqa transevropa ochiq standarini”
yaratdi. Keyinchalik standartga boshqa mintaqalarning ham kat-
ta qiziqishi tufayli uning ta’sir etish hududi faqat Yevropa bilan
cheklanib qolmadi va hozirgi vaqtda TETRA qisqartmasi “Yer
sirti tranking radioaloqasi”
(ingl. Terrestrial Trunked Radio )
32
nomi bilan yoyilmoqda. TETRA standarti asosiga turli chasto-
talar diapazonlarida va aloqa protokollari bilan farq qiladigan
tarmoqlarni minimal xarajatlarda yaratishga imkon beradigan
universal texnik yechimlar qo‘yilgan. TETRA tizimi chastota
resursini tejash bilan bir qatorda (25 kGs chastotalar polosasi-
da 4 ta mantiqiy kanal) istiqbolda 3-avlod xizmatlarini taqdim
etish va turli joriy etish ssenariylarini ko‘zda tutib, funksional-
likni oshirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ta’minlaydi. TETRA
standarti rivojlanishda davom etmoqda va uning bazasida yuqori
tezlikda ma’lumotlarni simsiz uzatish tizimlari ishlab chiqilmoq-
da (standartning hozirgi TETRA V+D versiyasi 28,8kbit/sek
maksimal ma’lumot uzatish tezligini ta’minlaydi). Kanallarning
paketli kommutatsiyalovchi standartining TETRA PDO yangi
versiyasida esa 32kbit/sek tezlikka erishiladi. Bundan tashqari,
standartning ishchi chastotalar diapazonini kengaytirish, uni
dengiz va aviatsiya xizmatlari (vertolyotlar va uchish tezligi 500
km/soat bo‘lgan yengil samolyotlar), qishloq joylarida aloqani
tashkil etish (100 km gacha masofalarda) va boshqa vazifalar
uchun moslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda [9].
PMR tizimlarining keyingi rivojlanishi foydalanuvchilarning
o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun aloqa rivojlanishi-
ning zamonaviy an’analarini hisobga oluvchi yangi xizmatlarni
o‘z spetsifikatsiyalariga kiritishga qaratilgan. Xususan, umumiy
foydalaniladigan tarmoqlar (Internet) hamda korporativ tarmoq-
lar orasida tarmoqlararo o‘zaro ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan
IP protokoli asosida qurilgan tarmoqlardan foydalanish taklif
etilmoqda. Bunday tarmoq qo‘llanilganda texnologiya o‘ta yuqori
ma’lumot uzatish tezligini talab qiladigan ilovalarga mo‘ljallanadi.
Boshlang‘ich yuqori tezlikdagi ilovalar uchun bir necha o‘nlab
Mbit/sek tezliklardan foydalanilsa-da, keyinchalik PMR tizim-
larining yangi ishlanmalari 155Mbit/sek dan yuqori tezliklarni
ta’minlashga qodir bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bunda to‘la mo-
billik va keng hududlarni qoplash (“rouming” imkoniyatlari) kabi
afzalliklar saqlanadi.
33
Shuningdek, PMR tizimlarini LTE mobil aloqa texnologiyasi
sari rivojlantirish ustida ham ishlar olib borilmoqda va shu tariqa
4G avlodi darajasida PMR hamda sotali aloqa funksionallarining
yanada yaqinlashishi kutilmoqda.