Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   289
Raqamli mobil aloqa

1.2-rasm. 
Bir tomonlama axborot uzatish.
Uzatgich, uzatish antenna, to‘lqin tarqalish muhit, qabul qilish 
antenna va qabul qilgichlardan iborat bo‘lgan qurilmalar kom-
pleks radioliniyani tashkil etadi. 1.2-rasmda ko‘rsatilganidek, ra-
dioliniya uzatgich stansiyasi joylashgan hududdan qabul qilgich 
hududiga bir tomonlama axborot uzatishga mo‘ljallangan. Bu 
holda teskari tomonga uzatish ko‘zda tutilmaydi.
Bir tomonlama uzatish ko‘proq radioaloqada emas, balki 
asosan TV va radioeshittirishlarda, matbuot agentligi axborotini 
uzatish xizmatlarida, aniq vaqt signallarini efir orqali tarqatish-
da, aniq chastotani uzatishlarda va h.k.da qo‘llaniladi (ishlati-
ladi). Qurilmalarning effektivligini (samaradorligini) oshirish va 
radioliniyalarning o‘tkazish imkoniyatini ko‘paytirish maqsadida 
zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.2-rasm). Apparatura-
ning uzatish qismi har xil axborot manbalari 1a-1n signallaridan 
o‘zgartirgichlar 2a-2n vositasida o‘zgartirilgan yagona guruhiy sig-
nal hosil qiladi. Apparaturaning qabul qilish qismi esa signallarni 
ajratadi, ularni (7a-7n) o‘zgartiradi, va undan keyin axborot sig-
nallari (8a-8n) iste’molchilarga yetib keladi. Xabarni bir axborot 
manbayidan iste’molchiga uzatuvchi texnik vositalar majmuasi 
radioaloqa kanali deb ataladi. Zichlashtirilgan radioliniyali radio-
aloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi. 
Ikki punkt orasida axborot almashish maqsadida ikki tomonlama 
radioaloqa tashkil qilinadi. Buning uchun bir-biriga qarama-qarshi 


11
(ro‘para) ishlovchi ikki komplekt bir tomonlama ishlaydigan radio-
aloqa qurilmalar qo‘llaniladi. Ikki tomonlama radioaloqa liniyaning 
har bir oxirgi punktida ham uzatuvchi, ham qabul qiluvchi qurilma-
lar joylashtiriladi. Axborot manbayi va iste’molchi odatda birlashtiril-
gan bo‘ladi, shuningdek, ayrim hollarda uzatgich bilan qabul qilgich 
yaxlit yagona qabul qilgich-uzatgich radiostansiyaga umumlashtirila-
di. Bunday holda odatda har bir punktda ikkita antenna o‘rniga bitta 
umumiy qabul qilib uzatuvchi antenna o‘rnatiladi.
Ikki tomonlama radioaloqa quyidagi variantlar bo‘yicha tuzili-
shi mumkin:
1. Ikkala uzatgich bir xil chastotada ishlaydi va qabul qilgichlar 
ham bir xil shu chastotaga sozlangan. Bunday holatda radioliniya 
bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘nalish bo‘yicha ishlay olmaydi. Ish-
lash galma-gal yo‘nalishlarning biri bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Bunday aloqa 
simpleks
aloqa deb ataladi.
2. Uzatgichlar har xil chastotada ishlaydi, shunga muvofiq qa-
bul qilgichlar ham har xil chastotalarga sozlangan. Bu holatda 
radioliniya bir vaqtning o‘zida ikkala yo‘nalish bo‘yicha ishlashi 
mumkin. Bunday aloqa 
dupleks
aloqa deb ataladi.
3. Radioaloqa ikkita chastotadan foydalangan holda amal-
ga oshiriladi: qabul qilgich va uzatgichlar baravariga emas, bal-
ki dupleks singari, navbatma-navbat amalga oshiriladi. Signal bir 
chastotada qabul qilinib boshqa chastotada uzatiladi. Abonent bir 
vaqtning o‘zida “qabul” yoki “uzatish” rejimida bo‘lishi mumkin. 
Bunday aloqa 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin