Raqamli mobil aloqa


To‘rt simvolli kodni dekoderlash



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   289
Raqamli mobil aloqa

To‘rt simvolli kodni dekoderlash
 
00000 11100 00111 11101
10000 01100 10111 01011
01000 10100 01111 10011
00100 11000 00011 11111
00010 11110 00101 11001
00001 11101 00110 11010
10001 01101 10110 01010
10010 01110 10101 01001
Dekoderlashning ushbu qoidasini amalga oshiruvchi de-
koder maksimal haqiqatga o‘xshash hisoblanadi va ko‘rsatil-
gan taxminlarda u qabul qilingan ketma-ketlikda dekoderlash 
xatosi yuzaga kelishi ehtimolligini minimallashtiradi. Ush-
bu ma’noda bunday dekoder optimal hisoblanadi. Maksimal 
haqiqatga o‘xshash dekoderlardan qisqa kodlar uchun tez-tez 
foydalanganligi uchun bu tushuncha juda muhimdir. Bundan 
tashqari, maksimal haqiqatga o‘xshash dekoder o‘lchamlari 
etalon bo‘lib xizmat qilishlari mumkin va u bilan boshqa op-
timal bo‘lmagan dekoderlar parametrlari bilan solishtiraladi. 
Agar dekoderlash jadval yordamida olib borilsa, unda jad-
val elementlarini shunday joylashtirish mumkinki, maksimal 


104
haqiqatga o‘xshash dekoderlash hosil bo‘lsin. Afsuski, blok-
ning uzunligi oshishi bilan jadval hajmi eksponensial o‘sib 
boradi, shu tufayli uzun kodlar uchun dekorderlash jadvali-
dan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Ammo, dekoder-
lash jadvali blokli kodlarning muhim xususiyatlarini aniqlash 
uchun ko‘pincha foydali bo‘ladi.
Karrali xatolarni tuzatish imkonini beruvchi va xato bel-
gilarning paydo bo‘lishlari chastotaning sezilarli kamayishiga 
olib keluvchi kodlashtirishning nisbatan ko‘p sodda usullari 
mavjud. Bunday kodlar zamonaviy yarimo‘tkazgichli qurilma-
lar asosida tuziladi va nisbatan oddiy dekodirlanadi. Masalan, 
50% keragidan ortiq belgilarga ega bo‘lgan va to‘rtta tasodifiy 
xatolarni tuzatishga imkon beruvchi 40 uzunlikdagi blokli kod 
mavjud. 6.8-rasmda ko‘rsatilganidek R
e
=0,01 da ushbu kodga 
kam blok xatosi ehtimolligiga ega. Agar bu yetarli bo‘lmasa, 
ko‘p sonli xatolarni tuzatish uchun yo keragidan ortiqlikni 
oshirish lozim yoki katta uzunlikdagi blokli kodlarga o‘tish 
va katta o‘rtachalashtirish hisobiga yutuq olish. Har bir ho-
latda yuzaga keladigan qo‘shimcha xarajatlarni e’tiborga olish 
zarur. Ammo har ikkala ko‘rsatilgan imkoniyatlar bo‘lishi va 
amaliy mos keluvchi muqobillik (alternativa)ni taqdim qilish-
lari mumkin.
Xulosa qilib qayd qilishimiz mumkinki, 6.6-rasmda tasvir-
langan egri chiziqlar shakli shunday max va min qilish im-
konini beradiki, agar blokdagi xato belgilar (bizning holatda 
t/n 0.01 dan birozgina yuqori) qayd qilingan qismini tuzatuv-
chi sxema mavjud bo‘lsa, unda blok uzunligini yetarli daraja-
da katta tanlab, xatolar qismini shuncha kamaytirish mumkin. 
Afsuski, bu juda qiyin vazifadir. Sxemali yechimlarning o‘sib 
borishdagina t/n doimiy munosabatni ta’minlashi mumkin. 
Shunday qilib, blokning katta uzunligida foydali xabarlar qis-
mining juda kam bo‘lganligi sababli samaradorlikni yo‘qotish 
yuzaga keladi.


105
6.8-rasm. 
Asosiy ko‘rsatkichlar. 
Shuningdek, mavzuni chuqurroq o‘rganish uchun foydalanish 
mumkin bo‘lgan ko‘p sonli axborotlar manbalariga havolalar ham 
berilgan.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin