Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   289
Raqamli mobil aloqa

7.2-rasm.
Turli texnologiyalarni 4G tomonga rivojlantirish 
strategiyalari.
Yevropada ham to‘rtinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini 
rivoj lanish jarayoniga faol kirishildi. Bu yerda garchi WiMAX 
tarmoq lari ham joriy etilgan bo‘lsa-da, boshidanoq asosiy e’tibor 
LTE texnologiyasiga qaratildi. LTE texnologiyasini rivojlantirish 
loyi hasida yirik Yevropa operatorlaridan T-Mobile, Vodafone 
Group va Orange, shuningdek, mobil jihozlar ishlab chiqaruvchi 
Alcatel Lucent, Nokia Siemens Networks, Nortel Networks va 


111
Ericsson kompaniyalari faol qatnashdilar. LTE tizimini test ra-
vishda ishga tushirish 2007-yilning mayida boshlandi. LTE tar-
mog‘ini birinchi marta tijoriy ishga tushirilishi esa 2009-yil ning 
dekabrida shved-fin TeliaSonera operatori tomonidan Erics-
son jihozlari asosida Stokgolm (Shvetsiya) va Oslo (Norvegiya) 
shaharlarida amalga oshirdi. Darvoqe, bu sana “LTE erasining 
boshlanishi” deb hisoblanadi. 
AQSHda esa Sprint-Nextel mobil aloqa operatori 3G 
tarmoq laridan voz kechib, birinchilar qatorida WiMAX aso-
sida 4G tarmoqlarini yaratishga kirishdi. Hozirgi kunda kom-
paniya tarmoq 
lari qariyb butun mamlakat hududini qamrab 
olgan, shu bois Sprint-Nextel nisbatan xotirjamlik bilan tex-
nologiyalar nuqtayi nazaridan o‘z kelajagini rejalashtirishga 
qodirdir. Ya’ni, u yoki WiMAXni rivojlantirishni davom etti-
radi (yangi IEEE802.16m standartiga o‘tgan holda) yoki LTE 
tomon “og‘ishni” boshlaydi. Boshqa bir misol, boshidanoq 
LTEga asoslangan Verizon Wireless kompaniyasining tarmog‘i. 
Mazkur kompaniya ancha qiziq bo‘lgan 700MGs diapazonida 
boshidan LTE texnologiyasiga asoslanib tarmoqlar yaratmoq-
da. Faoliyatini Boston va Sietl shaharlarida sinov hududlaridan 
boshlagan kompaniya, 2013-yil davomida AQSHning deyarli 
butun hududini LTE tarmog‘i bilan qopladi. 
MDH davlatlari ham bu borada ortda qolmadilar. Masalan, 
Rossiyada, 2011-yilning aprelidan boshlab “katta uchlik” (Bee-
line, Megafon va MTS kompaniyalari) hamda Rostelekom kom-
panisi ishtirokida mamlakatning to‘rtta regionida LTE tarmoq-
larining sinov hududlari ishga tushirildi. WiMAX tarmoqlari bu 
yerda 2007-yildan boshlab faoliyat yuritmoqda. Eng yirik operator 
— Yota kompaniyasi esa 2011-yilning birinchi choragi natijalariga 
ko‘ra Moskva shahri va Moskva viloyatining qismi, Sankt-Peter-
burg shahri va Leningrad viloyatining qismi, Krasnodar, Sochi va 
Ufa shaharlari hududlarida 700 mingdan ortiq abonentga KSU 
xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ammo Yotada ham LTE kabi “oppo-
nent” paydo bo‘lganidan tashvishga tushib, 2010-yildan boshlab 


112
parallel ravishda LTE tarmoqlarini ham tatbiq qilishga kirishdilar 
va avval Qozon shahrida, so‘ngra Rossiyaning boshqa markaziy 
shaharlarida bu texnologiyani rivojlantirmoqdalar.
Ukrainada 2007-yilning IV choragida birdaniga to‘rtta kom-
paniya WiMAX texnologiyasi asosida mamlakatning bir nechta 
yirik shaharlarida to‘rtinchi avlod aloqa xizmatlarini taqdim etish-
ning boshlanishini e’lon qilgan edi. Ukrainada LTE tarmoqlarini 
joriy etish 2011-yildan boshlandi. LTE tarmoqlarini keng tarqa-
tish yuzasidan Armaniston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarus-
siya ham o‘z roziligini bildirishgan.
O‘zbekistonda 4G tomonga rivojlanish ikkala yo‘nalishda 
ham amalga oshmoqda: keng polosali simsiz ulanish tizimlari 
ham, mobil aloqa tizimlari ham dinamik ravishda rivojlanmoq-
da. Birinchi WiMAX tarmog‘i Toshkent shahrida 2007-yilda 
ishlay boshlagan va 2010-yilning martida uning umumiy abo-
nentlar soni 12 ming kishidan oshib, mamlakatning 6 ta shaha-
rida ulanish nuqtalari ga ega bo‘ldi. 2010-yil 28-iyulda birinchi 
LTE tarmog‘i “MTS O‘zbekiston” kompaniyasi tomonidan ish-
ga tushirildi. Shu yil ning 9-avgustida Ucell kompaniyasi ham 
o‘zining LTE tarmog‘ini ishga tushirdi. Darvoqe, O‘zbekiston 
dunyo miqyosida LTE tarmog‘ini ishga tushirgan uchinchi dav-
lat deb tan olingan [1].

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin