Flip X – mo‘yqalamni x o‘qiga nisbatan akslantirish:
Flip Y – mo‘yqalamni y o‘qiga nisbatan akslantirish:
Angle – mo‘yqalamning gorizontal aylanish burchagini belgilaydi:
Roundness – mo‘yqalamning yumaloqlik darajasini belgilaydi:
Hardness– mo‘yqalamning tashqi chegarasining aniqlik darajasini belgilaydi:
Spacing – mo‘yqalamning chizishda iz qoldirish chastotasini belgilaydi:
Mo‘yqalam andozasi uchun kiritilgan barcha o‘zgartirishlarni (mo‘yqalamning shakl sozlamalaridan tashqari) bekor qilish uchun mo‘yqalam sozlamalari paneli menyusidan Clear Brush Controls buyruq qatorini tanlash kerak.
Yo‘llarga rang berish
Pero yordamida yaratilgan yo‘l tasvirda aks ettirilmaydi. Yo‘lni tasvirda aks ettirish uchun uning chegaralarini belgilash yoki ichini to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Photoshop dasturining Fill Path buyrug‘i yordamida yo‘lni ma’lum rang, rasm, andoza yoki to‘ldirilgan qavatli piksellar bilan to‘ldiradi.
Yo‘lni joriy Fill Path sozlamalari bilan to‘ldirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Panellar bo‘limidagi Paths panelidan yo‘l tanlanadi.
Yo‘lni belgilangan sozlamalar bilan to‘ldirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Panellar bo‘limidagi Paths panelidan yo‘l tanlanadi:
Yo‘l quyidagicha to‘ldiriladi:
klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda Paths panelining pastki qismida joylashgan Fill Path tugmasi bosiladi;
Paths panelining menyusidan Fill Path buyruq qatori tanlanadi.
Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Dialog oynasining Contents elementiga to‘ldirish turi belgilanadi:
Masalan, Content elementiga Pattern qiymati belgilansa yo‘l quyidagicha to‘ldiriladi:
Dialog oynasining Blending bo‘limidagi Opacity elementi orqali to‘ldirilishning shaffoflik darajasi belgilanadi. Masalan, 50% shaffoflik darajasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Dialog oynasining Rendering bo‘limidagi Feather Radius elementi orqali to‘ldirilishni yo‘l chegarasining ichkarisi va tashqarisiga chiqib ketish darajasi
belgilanadi. Masalan, elementning qiymati 30 ga teng bo‘lganda yo‘l to‘ldirilishi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Panellar bo‘limidagi Path panelida yo‘l o‘chirib tashlangandan so‘ng tasvir quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Photoshop dasturining Stroke Path buyrug‘i yordamida yo‘lning chegarasini belgilab olish mumkin.
Yo‘lni joriy Stroke Path sozlamalari bilan chegarasini belgilash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Panellar bo‘limidagi Paths panelidan yo‘l tanlanadi.
Pathspanelining pastki qismida joylashgan StrokePath tugmasi bosiladi.
Yo‘lni belgilangan sozlamalar bilan chegarasini belgilash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Panellar bo‘limidagi Paths panelidan yo‘l tanlanadi.
Dasturning uskunalar panelidan yo‘l chegarasini belgilash uchun chizish yoki tahrirlash uskunasi tanlanadi va dasturning xususiyatlar panelidan ushbu uskunaning kerakli xususiyatlari o‘zgartirib olinadi.
Yo‘l chegarasini belgilash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda Paths panelining pastki qismida joylashgan Stroke Path tugmasi bosiladi;
Paths panelining menyusidan Stroke Path buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Ochilgan dialog oynasida yo‘l chegarasini belgilash uskunasini o‘zgartirib olish mumkin. Yo‘l chegarasini qo‘lda belgilashni ifodalash uchun dialog oynasining Simulate Pressure elementini belgilash kerak.