Uskunalar panelidagi Paint Bucket uskunasi yordamida belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan qo‘shni piksellarni to‘ldirish imkoniyatini beradi. Uskunadan quyidagicha foydalaniladi:
Dasturning uskunalar panelidan old fon rangi tanlanadi.
Dasturning uskunalar panelidan Paint Bucket uskunasi tanlanadi.
Dasturning xususiyatlar panelidan uskuna yordamida rang yoki andoza bilan to‘ldirish belgilab olinadi.
Dasturning xususiyatlar panelidan Mode elementi yordamida rangni aralashish rejimini, Opacity elementi yordamida to‘ldirishning shaffoflik darajasini belgilab olinadi.
Dasturning xususiyatlar panelida Tolerance elementi yordamida belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan qo‘shni piksellarning yaqinlik darajasi belgilab olinadi.
To‘ldirishning chegaralarini silliqligini ta’minlash uchun dasturning xususiyatlar panelidan Anti-alias elementi belgilab olinadi.
Belgilangan pikselga qo‘shni bo‘lgan piksellarni to‘ldirish uchun dasturning xususiyatlar panelidan Contiguous elementini belgilash kerak. Element belgilanmasa belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan tasvirning barcha piksellari to‘ldiriladi.
Barcha aks ettirilgan qavatlarning piksellariga ta’sir qilish uchun dasturning xususiyatlar panelidan All Layers elementi belgilanadi.
Tasvirning to‘ldirilishi kerak bo‘lgan maydoniga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib chap tugmasi bosiladi.
Dasturning Strokebuyrug‘i yordamida belgilash, yo‘l va qavatning chegarasini rang bilan belgilash mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Old fon rangi belgilanadi.
Maydon yoki qavat tanlanadi.
Dasturning Edit menyusidan Stroke buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Dialog oynasining Stroke bo‘limida Width elementi yordamida belgilanish qalinligi va Color elementi yordamida uning rangi ko‘rsatib o‘tiladi.
Dialog oynasining Location bo‘limida belgilanishning chegaraga nisbatan joylashi belgilanadi.
Dialog oynasining Blendingbo‘limida Modeelementi yordamida belgilanish rangining element rangi bilan aralashish rejimi va Opacity elementi yordamida belgilanishning shaffoflik darajasi belgilanadi.