Photoshop dasturi chizish va tasvirning rangini o‘zgartirish uchun bir nechta uskunalarni taqdim etadi. Mo‘yqalam va qalam uskunalari an’anaviy chizish uskunalari bo‘lib ish sohasiga tanlangan rang bilan chizadi. O‘chirg‘ich , xiralashtirgich va bulash uskunalari tasvirdagi mavjus ranglarni o‘zgartiradi. Barcha chizish uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelida tasvirga rangni qo‘llash usuli va mo‘yqalam andozalarini tanlab olish mumkin.
Mo‘yqalam va qalam uskunalari tasvirga old fon rangi bilan chizadi. Mo‘yqalam uskunasi yordamida yonshoq chegarali chiziqlar qalam uskunasi yordamida qattiq chegarali chiziqlar chiziladi. Mo‘yqalam va qalam uskunalari yordamida quyidagicha foydalaniladi:
Old fon rangi tanlanadi.
Mo‘yqalam yoki qalam uskunasi tanlanadi.
Panellar bo‘limining mo‘yqalamlar paneli tugmasini bosib quyidagi ochilgan mo‘yqalamlar panelidan mo‘yqalam tanlab olinadi:
Dasturning xususiyatlar panelidan chizish rejimi, chiziq shaffofligi va boshqa xususiyatlar belgilab olinadi.
Tasvir ustida sichqon tugmasini bosib turgan holda yurgizib chiziladi.
Chizish uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi sozlamalarni belgilab olish mumkin:
Mode – chizilayotgan chiziq rangining tasvirning mavjud piksellari bilan aralashish usulini belgilaydi.
Opacity – qo‘llanilayotgan rangning shaffoflik darajasini belgilaydi.
Flow – uskuna ko‘rsatkichi belgilangan maydon ustida yurgizilganda rangni qo‘llash darajasini belgilaydi.
Airbrush - puliverizator yordamida chizishni simulyatsiya qiladi.
Auto eraze (faqat qalam uskunasi uchun) – old fon rangiga ega maydonlarga orqa fon rangida chizadi.
Mo‘yqalamlarni yaratish va o‘zgartirish
Photoshop dasturida turli xususiyatlarga ega mo‘yqalamlarni yaratib olish imkoniyati mavjud. Dastur yordamida mo‘yqalam va mo‘yqalam shaklini mavjud andozalar asosida tanlab olish yoki tasvirning biror bir qismi asosida yaratib olish mumkin. Mo‘yqalam yordamida rangni qo‘llanilish usulini mo‘yqalam sozlamalari panelida belgilab olish mumkin.
Mo‘yqalam sozlamalari paneli yordamida mavjud mo‘yqalamlarni o‘zgartirish va yangi mo‘yqalamlarni yaratish mumkin. Mo‘yqalam sozlamalari panelida rangni tasvirga qo‘llash xususiyatlarini belgilovchi sozlamalari ham mavjud. Panelning pastki qismida mo‘yqalamning joriy sozlamalari bilan chiziladigan chiziq ko‘rinishi aks ettiriladi. Mo‘yqalam sozlamalari panelini aks ettirish uchun dasturning Window menyusidan Brush Settings buyruq qatorini tanlash kerak:
Tasvirning bir qismi asosida mo‘yqalam yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Belgilash uskunalari yordamida tasvirning biror bir qismi tanlab olinadi.
Dasturning Edit menyusidan Define Brush Preset buyruq qatori tanlanadi.
tugmasi bosiladi.
Mo‘yqalam yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning uskunalar panelidan chizish yoki o‘chirish uskunasi tanlab olinadi va dasturning Window menyusidan Brush Settings buyruq qatori tanlanadi.
Natijada aks ettirilgan mo‘yqalam sozlamalari panelidan mo‘yqalam turi tanlanadi.
Mo‘yqalam sozlamalari panelining chap qismidagi BrushTipShape
bo‘limidan kategoriyalarni tanlab kerakli xususiyatlar belgilanadi.
O‘zgartirilgan xususiyatli mo‘yqalamni keyingi foydalanish uchun saqlab olish uchun mo‘yqalam sozlamalari panelining menyusidan New Brush Preset buyruq qatorini tanlash kerak.
Standard mo‘yqalam uchun mo‘yqalam sozlamalari panelidan quyidagilarni belgilash mumkin:
Size– mo‘yqalamning o‘lchamini belgilash. Mo‘yqalam o‘lchamining qiymati kiritiladi yoki slayder orqali belgilanadi: