MixerBrushuskunasi yordamida xolstda ranglarni aralashtirish, mo‘yqalamda ranglarni birlashtirish, rang namligini o‘zgartirish kabi real chizish jarayonini simulyatsiya qilish imkoniyatini beradi. Mixer Brush uskunasi ikkita rang manbasi, konteyner va rang tanlovchisiga ega. Uskuna konteyneri xolstga chiziladigan yakuniy rangni saqlaydi va ko‘p chizish hajmiga ega. Rang oluvchi konteyner rangni faqatgina xolstdan oladi. Konteynerdagi rang muntazam ravishda xolstdagi ranglar bilan aralashib turadi.
Mixer Brush uskunasini qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning uskunalar panelidan Mixer Brush uskunasi tanlanadi.
Uskuna konteyneriga rang to‘ldirish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda xolstdagi maydonga sichqon tugmasi bosiladi yoki old fon rangi tanlanadi.
Mo‘yqalam turi mo‘yqalam andozalari panelidan tanlanadi.
Dasturning xususiyatlar panelidan uskuna xususiyatlari belgilab olinadi. Jumladan, Muxer Brush uskunasiga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni o‘zgartirib olish mumkin:
Current Brush Load – ochiladigan menyudan Load Brush buyruq qatorini tanlab uskuna konteynerini rang bilan to‘ldirish, CleanBrushbuyruq qatorini tanlab mo‘yqalamni rangdan tozalash mumkin.
Preset – mo‘yqalamning oldindan belgilangan xususiyatlarga ega andozalarini tanlash mumkin.
Wet elementining qiymati mo‘yqalam xolstdan qancha miqdorda rang olish darajasini belgilaydi:
Load elementining qiymati uskuna konteyneriga yuklanadigan rang miqdorini belgilaydi. Kichik qiymatda mo‘yqalam tez qurib qoladi:
Mix elementining qiymati xolst rangining uskuna konteyneridagi rang bilan aralashish darajasini beradi. Element qiymati 100% ga teng bo‘lsa barcha rang xolstdan olinadi, 0% ga teng bo‘lsa barcha rang uskuna konteyneridan olinadi.
Sample All Layers elementi belgilansa uskuna rangni xolstdagi barcha qavatlardan oladi.
Mo‘yqalam bilan xolstga chiziladi.