Referat mavzu: Koreya Bank tizimining tashkiliy huquqiy asoslari. Qabul qildi: Abdullayeva. Sh. Z



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/5
tarix22.12.2022
ölçüsü81,5 Kb.
#121670
növüReferat
  1   2   3   4   5
Koreya Bank tizimining tashkiliy huquqiy asoslari.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BANK HUQUQI” FANIDAN
REFERAT

Mavzu: Koreya Bank tizimining tashkiliy huquqiy asoslari.


Qabul qildi: Abdullayeva.Sh.Z
Bajardi: Yo‘ldosheva.D.X
BIA-93-2 gurux
TOSHKENT -2022


MAVZU: Koreya Bank tizimining tashkiliy huquqiy asoslari.
Reja:
1. Kirish
2. Koreya Bank tizimining rivojlanish tarixi.
3. Janubiy Koreyaning zamonaviy kredit va bank tizimi.
4. Janubiy Koreyaning oltin-valyuta zahiralari.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Dastlabki banklar qachon va qanday paydo bo`lganligini aniqlash ancha qiyinchilik tug`diradi. Gap shundaki, hozirgi davrda banklar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib turlicha bo`lgan operatsiyalarni bajaruvchi universal moliyaviy tashkilotlarni o`zida namoyon qiladi. Masalan, birinchi darajali toifaga kiruvchi chet el banklari o`z mijozlariga 300 dan ortiq turli xil xizmatlarni ko`rsatadilar. Bu operatsiyalarning va xizmatlarning barchasi bir vaqt va bir joyda paydo bo`lmaganligi sababli ham bank ishining "boshlang`ich" nuqtasini aniqlash aniq tadqiqodlar olib borishni va ular asosida ma`lum bir fikrlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Banklarning paydo bo`lishi tarixi bo`yicha ba`zi bir fikrlar to`g`risida siz tushunchaga egasiz.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar - pul munosabatlarining o`sib, takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va ko`rsatadigan xizmatlari ko`lamining kengayib borishiga, jamiyat a`zolarining pulga bo`lgan talabining oshib borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a`zolarining pul mablag`lariga bo`lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy jihatdan o`sishi va barqarorligini ta`minlash maqsadida banklar o`rtasida ular bajaradigan funksiya va operatsiyalar ko`lami taqsimlana borgan, ya`ni davlat nomidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan holda faoliyat ko`rsatuvchi banklar va alohida jamiyat a`zolari bilan ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo`nalishni ham o`zida mujassamlashtirgan banklar shakllana borgan.
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo`lib, ikki pog`onali bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog`ini o`z ichiga oladi.



Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin