O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI
REFERAT
OILA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYASI
Mavzu:
|
2. Imom Ismoil al-Buxoriy talimotida oil oila haqidagi qarashlari haqidagi qarashlari.
|
Topshirdi: Djabbarov Sh.X.
Qabul qildi:_____________________________
Toshkent-2023
2-MAVZU: IMOM ISMOIL AL-BUXORIY TALIMOTIGA OID OILA HAQIDAGI QARASHLAR
Reja:
1. Imom Ismoil al-Buxoriy talimotiga oid oila haqidagi qarashlar.
2. Jadidlarning axloqiy qarashlari.
Imom Ismoil al-Buxoriy talimotiga oid oila haqidagi qarashlar
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’ira ibn Bardibza al-Buxoriy hijratning bir yuz to’qson to’rtinchi yili shavvol oyidan o’n uch kun o’tganda juma namozidan keyin (miloddan hisob bilan 809 yil 13 mayda) Buxoroda tavallud topdi. Otasi Shayx Ismoil ibn Ibrohim ahli hadislardan bo’lib savdo ishlari bilan shug’ullanar edi.
Rivoyatlarga ko’ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 16 yoshga qadam qo’yganida Abdulloh ibn Muborak al-Marvazdiy va Vaki ibn al-Jarrohlarning kitoblarini batamom yod olgan. U yod olgan xadislarning matnini dalillari va roviylarning tarjimai hollari bilan birga qo’shib yod oladi…
Imom al-Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag’dod, Kufa, Bosit, Balx, Nishopur, Asqalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar to’plash, yozish va ko’plab toliblarga ilm o’rgatish bilan shug’ullanadi. Yigirma yoshidan boshlab kitob talif eta boshladi. Ul zot qalamiga mansub bo’lgan “Al-Jome as-Sahih”, “Al-adab al-Mufrad”, “At-Tarix al-kabir”, “At-tarixi-s-sag’ir”, “Al-Kiroati xalfa-l-imom”, “Raful-yadayni fi-s-saloti” kabi asarlar hozirda respublikamiz kitob xazinalarida saqlanmoqda.
Imom al-Buxoriy Nishopirdan asl vatani – Buxoroga qaytgach, birmuncha va tolibi ilmlarga hadis ilmidan dars berdi.
Insoniyat madaniyatiga benazir hissa qo’shgan, zaminu zamonlarda barcha avlodlarga manaviy ozuqa baxsh etgan Imom al-Buxoriy axloq va odobga oid hadislar mujassamlashgan, ahamiyatiga ko’ra Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi diniy manba deb etirof etilgan “Al-jome as-Sahih” kitobidan keyin yaratgan “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) asarida axloqiy qadriyatlarni bayon etgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy ushbu asarida axloq, odob haqida so’z yuritar ekan, odamlarni ota-onaga hurmatda bo’lishga, onani ezozlashga, mehr-oqibatli, pok va imonli bo’lishga davat etadi, yaxshilik qilish insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlaydi.
“Al-adab al-mufrad”ning 1-24 boblari farzandlarning ota-ona hurmatini joyiga qo’yishlari, ularni ezozlab, dillariga ozor yetkazmay farzandlik burchlarini ado etishlari zarurligi kabi masalalarga bag’ishlanadi. Masalan, asarda shunday rivoyat qilinadi.
Odam uchun eng og’ir gunoh, bu Allohga shirk keltirish, farzandning ota-onaga oq bo’lishidir. Imom Ismoil al-Buxoriy bu haqda shunday rivoyat qiladi: “Xalifa Abu Bakr Siddiq aytadilar: “Rasululloh sahobalardan: Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi? – deb uch marta so’radilar. Ular: “Ey Rasululloh aytib bering,” – deyishdi. Shunda Rasullulloh “U – Allohga shirk keltirishdek va ota-onaga oq bo’lish, - deb javob berdilar”.
Imom Ismoil al-Buxoriy bolalarning solih-qobil bo’lishlari Alloh taoloning tavfiqi bilan bo’ladi, ammo ularga odob-axloq o’rgatish otalarning vazifasi deydi.
Imom Ismoil al-Buxoriy qarindosh-urug’larga yaxshilik qilishni, ularga nisbatan rahm-shafqatli bo’lish va ular bilan muttasil bordi-keldi qilib turishni takidlaydi. “Anas ibn Molik” (roziyallohu anhu) aytadilar: “Rizqi keng va farovon bo’lishni va hayoti uzog’ga borishni yaxshi ko’radigan kishi qarindoshlaridan o’zini uzmasin dedilar”. Ismoil al-Buxoriy rahm-shafqat xususida qilgan nasihatlarida, ayniqsa, bemorlar holidan xabar olishni, yetim bolalarga otasidek marhamatli bo’lishni, har bir odam o’z bolasiga qanday bo’lsa, qo’lidagi yetimga ham shunday qarash kerakligini uqtiradi. Mutafakkirning ta’kidlashicha, musulmon kishining o’z birodaridan uch kundan ortiq arazlab, gina saqlab, gapirmay va so’rashmay yurishi dururust emasdur. Ulardan biri birinchi salomlashsa, o’shanisi yaxshiroqdir.
Ulug’ mutafakkir mehr-shafqat haqidagi qarashlarida odamlarni ahillikka, o’zaro hurmat-ehtiromda bo’lishga undab, kimki Allohga va ohiratga iymoni bo’lsa, u zinhor, qo’shnisiga ozor bermasligi, Allohga va ohiratga ishochi bo’lsa, mehmonning hurmatini o’rniga qo’yishi, Allohga va ohirat kuniga ishonchi bo’lsa, faqat yaxshi gaplardan gapirib, yoxud sukut saqlash lozimligini aytadi.
Islom olamining buyuk mutafakkiri, hadis ilmining sultoni Imom Ismoil al-Buxoriy tavalludining 1225 yildagiga bag’ishlangan tantanali marosimda prezident Islom Karimov deydiki: “Imom Ismoil al-Buxoriy xazratlari nafaqat o’zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’noda ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda so’nmas e’tiqod timsolidir.
Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz manaviy-meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to’plami “Al-Jomi as-Saxiq” islom dinida Qur’oni Karimdan keyin ezozlanadigan ikkinhchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining etiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug’idir.
Mana, o’n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yo’liga chorlab kelmoqda.
Yaratganimizga shukurlar bo’lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriy ulug’ ajdodlarimiz el-yurti bag’riga qaytmoqda. Allomani o’lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonodoniga kirib, ongu tafakkurimizni ravshan etmoqda, qalbimizni iymon nuri va mehr-oqibat tuyg’ulari bilan musaffo etmoqda.
O’rta Osiyo uyg’onish davri axloqi rivojiga munosib xissa qo’shgan buyuk olim, faylasuf, Muallim soniy, sharq Aristoteli Turkistonlik qomusiy alloma Abu Nasr al-Farobiy (870-950) hisoblanadi.
Arastu izidan birib, Farobiy ham falsafani ikkiga – nazariy va amaliyga bo’ladi hamda axloqshunoslikni amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning “Baxtga erishuv yo’lini ko’rsatuvchi kitob”, “Baxtga erishuv haqida”, “Davlat arbobining hikmatlari”, “Fozil odamlar shahri” singari asarlarida ko’tarilgan. Ularda inson baxti eng asosiy muammo sifatida o’rtaga tashlanadi. “Baxt bir inson intiladigan maqsad, zero u muayyan komillik hisoblanadi” deydi Farobiy. Ayni paytda alloma o’z qarashlarida fazilatlarga ham juda katta o’rin beradi. Chunki, uning fikriga ko’ra, kimda-kim fazilat nimaligini bilsagina, haqiqiy baxtga erisha oladi. Arastuga o’xshab, u ham fazilatlarni ikki qismga fazoili nutqiya (aql-idrokka asoslangan fazilatlar) va fazoili xulqiya (xulqiy fazilatlar)ga ajratadi hamda ularning o’rtalik xususiyatlarini ta’kidlab o’tadi.
Farobiy, hayot va mamot muammosiga ham batafsil to’xtaladi. Uning fikriga ko’ra, fazilatli kishi o’lim tufayli baxtni orttiruvchi xatti-harakatlarni ko’proq amalga oshirish imkoniyatlaridan mahrum bo’ladi. Shuning uchun uning o’limdan qo’rqishi boshqalarnikidan butunlay o’zgacha: u o’lim tufayli ulkan bir yovuzlik qurboni bo’layotganidan emas, balki yaxshilikni kamroq qilishga mahrum ekanidan cho’chiydi. Fazilatli odam o’lgan emas, balki undan ajrab qolgan hamshaharlarining holiga yig’lash kerak bo’ladi.
Buyuk vatandoshimiz fikr qilishicha, insonga uni go’zal amollar qilish uchun yo’naltiradigan odat mashuli bo’lmish yetuk xulq lozim. Xulqning yaxshiligi xatti-harakatlarda meyor qay darajada saqlangani bilan bog’lanadi. Odobni esa mutafakkir badavlatning davlatini bezaydigan va kambag’alligini o’g’irlaydigan axloqiy hodisa sifatida ta’riflaydi.
Farobiy, ba’zilar o’ta lazzatga berilish, yeyish-ichish va ayolga ruju qo’yish tufayli juda bo’shashib ketadi, irodasi zaiflashadi, unda risoladagi nafrat hamda g’azab hissi yo’qoladi, deydi. Butun kuchini o’z nafsiga sarflaydigan kishida ulug’vorlik tubanlikka xizmat qila boshlaydi, ya’ni fikrlash qobiliyati g’azab va ehtiros kuchlari xizmatida bo’ladi, bu kuchlarning xarakati esa yeyish-ichish hamda shahvoniy nafsni qondirishga bag’ishlanadi. Faylasuf bunday kishilarni arab va turk zodagonlar orasida ko’proq uchrashini aytadi. Bunday kishilar shahvoniy istaklari qutqusi bilan, ayollar oldida maqtanishni xush ko’radilar, foydali mehnatdan chetda turadilar, ular nima desa shuni qiladilar. Natijada ayol uyning haqiqiy hokimi bo’lib oladi, turli tantiqliklarni odatga aylantiradi. Demak, Farobiy oila baxtini ehtiroslarni yo’lga sola olishda deb biladi, ayol kishini bezaklarga ko’mib tashlangan qo’g’irchoq bo’lishiga qarshi turadi.
Buyuk“Shayhur-rais”,
Farobiyning shogirdi Ibn Sinodir. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari asosan “Axloq ilmiga doir risola”, “Burch to’g’risida risola”, “Nafsni pokiza tutish tadbirlari” singari asarlarida va zamondoshlari bilan olib borgan munozara-yozishmalarida o’z aksini topgan.
Avvalo, Ibn Sino axloq ilmini amaliy falsafa tarkibidagi o’rnini aniqlab olishga intiladi. “Hakimlarning, - deb yozadi alloma shogirdi Bahmanyor al-Ozarboyjoniy” bilan munozara-yozishmasida, - falsafa nazariy va amaliy bo’ladi, deganini falsafa amaliy-axloqiy bo’ladi, deb tushunmaslik kerak. Chunki amaliy axloqning bunday namoyon bo’lish holati falsafa degani emas, zero qiyosiy malaka axloqiy malakadan mutlaqo o’zgadir… Falsafa amaliy va nazariy qismlarga bo’linar ekan, demak, uni (amaliy falsafani) axloq bilan aylantirilmaydi. Shuning uchun (uni) axloq ilmi degan ma’qul”. Ko’rinib turibdiki, Ibn Sino axloqshunoslikni amaliy falsafa, ya’ni nazariy ekanini ta’kidlaydi va axloqni tadqiqot sifatida ta’riflaydi.
Ibn Sino o’z asrlarida bir qancha axloqiy fazilatlarga ta’rif beradi. Chunonchi, iffat, hikmat, shijoat, adolat, sahiylik, qanoat, qat’iyat, sadoqat, hayo, kamtarlik va boshqalar shular jumlasidandir. Shunindek, alloma ularning aksi bo’lgan – o’g’irlik, aldamchilik, fisqu-fasod, nafrat, rashk, adovat, bo’xton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabi illatlarni ham tafsiflaydi; har ikki turdagi mazkur tushunchalarning bir-biriga o’tib turishini va bunday bog’lanish ijobiy hol ekanini ta’kidlaydi. Demak, axloqshunoslik ilmida faqat fazilatlar emas, balki illatlar ham o’rnatilishi zarur. Ayni paytda, Ibn Sino ustozlari ananalarini davom ettirib, har bir axloqiy fazilat ikki nuqson oralig’ida bo’ladi, ya’ni o’rtalik hususiyatiga ega, deydi.
Alloma tasavvuf falsafasi va tasavvuf axloqshunosligiga doir ham ko’plab asarlar yaratdi. Zero, u bejiz Shayx ur-Rais ya’ni shayxlarning raisi degan nomni olgan emas. Bu borada uning mashhur “Ishq risolasi” diqqatga sazovordir. Undagi asosiy muammo – komil inson masalasi. Ibn Sino fikriga ko’ra, Yaratganga muhabbat odamni inson zoti qobil bo’lgan komillik darajasiga olib chiqadi. Ya’ni ruhning quyi kuchlari va qismlari uning ulug’vor va oliyjanob kuchlari hamda intilishlari bilan yaqinlikda bo’lib, ular ta’siriga tushishi natijasida fazilat kasb etadi. Bu fikr, Ollohga muhabbat faqat tarkidunyochilik orqaligina emas, balki rasmona insoniy hayotda ham ro’yobga chiqishi mumkinligini anglatadi. Shu bois “Ishq risolasi”dagi bu kabi o’rinlarni Naqshbandiya tariqatining vujudga kelishida nazariy asos, umuman tasavvuf falsafasi va axloqshunosligiga ilk nazariy poydevor bo’ldi deyish mumkin.
Ibn Sino taqdir masalasida ham o’ziga hos tasavvufiy yondashadi. U Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida Xudoga yetishgan shayxlardan biri sifatida tasvirlangan Abu Said ibn Abul Xayr Mehaniy bilan munozara-yozishmasida Olloh hech qachon biron-bir kimsaga yomonlik, yomon taqdir istamasligini, kimning taqdiri yomon bo’lsa, bunga uning o’zi sababchiligini, ya’ni insonning qilmishlari, kimning taqdiri yomon bo’lsa uning o’zi sababchiligini, ya’ni insonni qilmishlari uning taqdiri ekanini aytib, shunday deydi: “Asl Al-hakim (ya’ni Olloh) inoyatiga ko’ra, olamda mavjud bo’lgan yomonlik – olamning maqsadi emas. Olamning asl murodi yaxshilikdir, yomonlik emas!”. Buyuk vatandoshimiz savob va aqob (jazo) masalasida ham mohiyatan tasavvufiy yo’nalishda fikr yuritadi.
O’rta asrlarning to mug’ullar bosqiniga qadar bo’lgan davrlarida biz yuqorida ko’rib o’tgan qomusiy allomalardan tashqari Az-Zamaxshariy, Al-Buruniy, Ahmad Yassaviy, Abduholiq G’ijduvoniy, Jaloliddin Rumiy, Najmiddin Kubro singari o’nlab mutafakkirlar axloq ilmining nazariy yoki amaliy sohalarida faoliyat ko’rsatdilar. Lekin mug’ullar bosqini musulmon Sharqida madaniy hayotni izdan chiqarib yubordi. Faqat Sohibqiron Amir Temur davridagina ilm-fan va sanat taraqqiyotini yana o’z yo’liga tushdi.
Sohibqironning “Kuch – adolatda” degan tamoyili shunchaki gap emasdi. Amir Temur amalda haqiqat va adolat tarafdori edi. Shu sababli xatto Temur o’zining shaxsiy dushmani deb bilgan tarixchi Ibn Arabshoh, agar nohaqlik yuz bersayu, nohaqlik qilgan kishi Temurga ota yoki farzand maqomida bo’lsa ham, u kishi juda qattiq jazoga mahkum etilardi, deb yozib qoldirgan buyuk bobokalonlarimizning sayi harakatlari behuda ketmadi. Natijada Temur va Temuriylar davri ilm-fan va madaniyat taraqqiyotining oltin davri sifatida hanuzgacha jahonni hayratga solib kelmoqda. Bu davrda yuzlab qomusiy olimlar buyuk shoirlar va sanatkorlar yetishib chiqdi. Ular orasida ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy alohida ahamiyatga molik. Nafaqat uning asarlaridagi yuksak badiiy, balki falsafiy-axloqiy qarashlar ham hanuzgacha o’z ohorini yo’qotgan emas.
Malumki, Navoiy sherlari va dostonlarida ilgari surilgan axloqiy tamoyillar hamda ijobiy qahramonlar qiyofasida tajassum topgan adolat, sadoqat, burch, muhabbat rahm-shafqat, mardlik, kamtarlik singari fazilatlar haqida ko’p yozilgan. Ayni paytda, Navoiy so’fiylikning Naqshbandiya sulukiga mansub yirik shaxs – mutasavvuf sifatida ham axloqshunoslik nazariyasi hamda amaliyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan mutafakkirdir.
Dostları ilə paylaş: |