O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI AKADEMIYASI
REFERAT
OILA PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYASI
Mavzu:
|
Oila jamiyatning kichik yacheykasi.
|
Topshirdi: Djabbarov Sh.X.
Qabul qildi:_____________________________
Toshkent-2023
Davlatning oilani mustaxkamlash siyosati va uni asosiy tamoyillari
Mustakillik yillarida jonajon yurtimiz Uzbekistonda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy ximoya kilish masalalari davlat siyosatining ustivor yunalishi sifatida eʼtibor Mamlakatimiz Kostitutsiyasining 65-moddasida eʼtirof etilganidek, bizda “Onalik va bolalik davlat tomonidan mux,ofaza etiladi”. Shuninggdek, Bosh komusimizning 64-moddasida “ davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan maxrum bulgan bolalarni bokish, tarbiyalash va ukitishni taʼminlaydi, bolalarga bagishlangan xayriya faoliyatlarini ragbatlantiradi”.
Demak, Uzbekistonda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muxofaza kilish, ularning xar tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat tomonidan kafolatlanadi. Shu urinda oila borasida davlat siyosatining shu tarzda qonunan kafolatlangan, maksadga yunaltirilgan tarzda olib borilishi zarurati nimalarga asoslanadi, degan finli savol paydo buladi. Davlat tomonidan oila siyosati, uning bazasini mustaxkamlash siyosatining olib borilmasligi ushbu noyob ijtimoiy institutning boshka ijtimoiy institutlar katoridan munosib urin ololmasligiga olib kelishi va buning okibatisifatida oila va nikox munosabatlari buxronga uchrashi, insonlar o’rtasidagi munosabatlarga zarba berilish, turli muammolar kupayib, yosh avlod tarbiyasining dastlabki uchsgida maʼnaviy inkirozlar kuzatilishi mumkin. Shuning uchun muttasil taraqqiyot va xalk farovonligiga erishish yulidan sobit kadamlik bilan boradigan jamiyat va undagi davlat tizimlari oilaning mustaxkam va barkaror bulishidan, avlodlararo vorislik yukolib ketmasligidan manfaatdordir.
Shunday qilib, Oila siyosati - bu davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, NNT larining shaxe va jamiyat manfaatiga mos keladigan oila deb atalmish er-xotin va ularning ikki va undan ortik farzandlaridan iborat ijtimoiy tuzilmani xar tomonlama qo’llab-quvvatlash va ximoya kilishga karatilgan
faoliyatidir. Bu oilaviy turmush tarzini barkarorlapggirish, xar bir insonning uz oilasi va shajarasi bulishi istagini ruyobga chikarish uchun axolini qo’llab-quvvatlash siyosatidir. Uning tom maʼnosi shundaki, davlat va jamiyat tulik oilalarning imkon darajasida kup bulishidan, unda avlodlararo vorislik, shajaralarning bardavomligi, yoshlarning oila va nikoxni qadriyat sifatida eʼtirof etishidan yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalk farovonligi taʼminlanishiga ishonchini bildiradi. Eʼtirof etish joizki, mustakillik yillarida Uzbekistonda oila institutini amalda mustaxdsamlash borasida talay ijobiy ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo oila va nikox munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy bazasi yaratildi. 1998 yilda kabul kilingan “Oila Kodeksi”da ushbu munosabatlarning barcha jabxlari reglamentatsiya kilingan. Bundan tashkari, Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kabul kilingan bopщa kator Kodeks va qonunlarda xam bevosita oila aʼzolarining, jumladan, xotin-qizlar va bolalarning manfaatlari xlmoya kilingan. Misol tarikasida kuyidagilarni keltirish mumkin:
• Uzbekiston Respublikasining Fukarolik kodeksida oila aʼzolarining mulkiy munosabatlari, ularning ulushlari, merosxurlik, vorislik xukuklari;
• Uzbekiston Respublikasining Mexnat kodeksida farzandi bor ayollarga tadbik etiladigan imtiyozlar, fukaro sifatida barcha oila aʼzolarining mexnat kilish xukuklari;
• Uzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida mulk sifatida uy-joyga ega bulish xukuklari;
• “Fukarolarning davlat nafaka taʼminoti tugrisida”gi qonunda oilaning kattalari xamda mexnat yoki salomatligi tufayli nafakaxur bulganlarning ijtimoiy ximoyasi;
• “Аxolini ish bilan taʼminlash tugrisidagi Qonun (1998) da kup bolali, nogiron bolasi bor bulgan oilalarga beriladigan imtiyozlar, kvotalarni takdim etish tartiblari va x-zo;
• “Fukarolar sogligini saklash tugrisida”gi qonunda (1995 y.) oilada xotin-qizlarning salomatligi, jumladan, reproduktiv salomatlikning davlat tomonidan muxofaza etilishi tartiblari;
• “Xotin-qizlarga beriladigan kushimcha imtiyozlar tugrisida”gi Krnunda farzandi bor xamda ogir mexnat sharoitida ishlaydigan ayollarga beriladigan imtiyoz va kupshmcha imkoniyatlar borasidagi qoidalar uz ifodasini topgan. Qonunlarning amaldagi ijrosi mustakillik yillarida kabul kilingan va amaliyotga joriy etilgan Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining unlab karorlari asosida taʼminlanadi, ularda aynan oilaning ijtimoiy-ikgisodiy saloxiyatini mustaxkamlash, kam taʼminlangan oilalar sonining oila aʼzolari kafolatlanishi bandligini taʼminlash, mexnat xukuklarining orkali kamaytirish choralari belgilangan. 1994 yildan buyon kabul kilinayotgan va amalda muvaffakiyat bilan ijrosi taʼminlanayotgan Davlat dasturlarida ku bolali va kam taʼminlangan oilalar, onalik va bolalikning davlat tomonidan muxofaza etilishi uz aksini topmokda. Bularning eng muximlari:
• Prezidentimizning “Uzbekiston xotin-qizlar kumitasini qo’llab-quvvatlash borasidagi kupshmcha chora-tadbirlar tugrisda”gi Farmoni (25 may 2004 y.) va Vazirlar Maxkamasining Farmon ijrosini taʼminlash buyicha 299-chi sonli karori;
• “Fukarolarga xizmat kursatish uchun birvaktlik yordam pullari tugrisida” Vazirlar Maxkamasining karori(2002 yil);
• “Oliy ukuv yurtlarida to’lov-kontrakt asosida taxsil olish uchun umumtaʼlim kreditlarini takdim etish tugrisida” Vazirlar Maxkamasining karori (2001 yil);
• “Bolalik oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish buyicha chora-tadbirlar tugrisida” Vazirlar Maxkamasining karori (1996 yil);
• “Ishlayotgan nafakaxurlarga nafakalarni tulash tugrisida” Uzbekiston Respublikasi Prezidentining karori (1995);
• “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy ximoyalashni tashkil kilish masalalari xakida” Vazirlar Maxkamasining karori (1994 yil);
• “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qo’llab-quvvatlashga doyr kushimcha chora-tadbirlar tugrisida”gi Uzbekiston Respublika Prezidentining 2007 yil 18 maydagi Farmoni va boshka unlab Farmon, normativ xujjatlar va karorlarni keltirish mumkin.
Yurtimizda oilani mustaxkamlash borasidagi davlat siyosatining afzalligi shundaki, davlat oilaning uziga xos suveren tuzilma sifatida kadrlaydi, uning ichki ishlariga aralashmaydi, lekin u yoki bu sabablarga kura, oilada baʼzi kiyinchiliklar paydo bulgan bulsa, maxalliy uzini-uzi boshkarish organlari, maxalla kumitalari, unda faoliyat yuritayotgan jamoatchilik komissiyalariga murojaat kilib orkali fukarolar uz manfaatlarini ximoya kilishlari va davlatning madadiga erishishlari mumkin.
Ikinchi tomondan, oila ikki oilaning, unda tarbiyalanayotgan ikki yoshning ixtiyoriy kelishuvi, tanlovidan xosil bulgan ittifok bulgani uchun xam ushbu jarayonlarga xam aralashmaydi, chunki bu shaxsiy muammo. Lekin davlat fukarolarning “erkin nikoxlari”ga, xoxlagan paytda xoxlagan inson bilan uzi bilganicha nikoxga kirib yoki kirmay yashashiga befark bula olmaydi. Chunki bu jamiyatning axlokiy tomirlarini kesishi mumkin. Shuning uchun turli xil oilani qo’llab-kuvvatlovchi tuzilmalar borki, ular oila-nikox borasidagi noxakliklar bulgan sharoitda, oilada bir yoki bir necha aʼzoning insoniy manfaatlari taxkirlangan sharoitda, farzandlar ota-onasining nojuya xarakatlari tufayli kuchada kolib xavfi paydo bulganda uzining jamoatchilik tashkilotlar, jumladan, xotin-qizlar komissiyalari, yarashtirish komissiyalari, “Oila” markazlari, oksokollar orkali bu kabi salbiy xolatlarning oldini olish va bartaraf etish buyicha anik chora-tadbirlar kuradi, kerak bulsa, ularni xukumat dasturlari yoki karorlari asosida mustaxkamlaydi. Oilaning mutaxkam va barkaror bulishi uning aʼzolari salomatligiga, ota-onalikka psixologik jixatdan tayyorligiga bevosita boglik bulgani uchun xam mamlakatimizda bu borada anik mexanizmlar ishga solingan. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining nikoxlanuvchi shaxslarni tibbiy kurikdan utkazish tugrisidagi 365-sonli karorining amalda joriy etilishi, akademik litseylar va kasb-xunar kollejlarida ukitilayotgan “Oila psixologiyasi” kurslarining uzluksiz taʼlim tizimiga kiritilganligi kabilarning davlat tomonidan moliyalashtirilayotganligi xam fikrimizning dalilidir
Dostları ilə paylaş: |